Amerikadagi muhojirlar hayotidan: Orzu-umidlar, hayot uchun kurash


Amerikadagi muhojirlar hayotidan: Orzu-umidlar, hayot uchun kurash

Amerikadagi muhojirlar hayotidan: Orzu-umidlar, hayot uchun kurash

Rejissyor Kris Vayts “Zulmat” filmini ishladiyu, dong’i dunyoga taraldi. Shuhrat nurida toblangan ijodkor qonxo’r jonzotlar mavzusidan endi hayotiy asarlarga o’tdi. Uning so’nggi filmi Los-Anjelesda yashovchi noqonuniy muhojirlar haqida.

Karlos: “Orzular ushaladigan mamlakat bu. Pastu balandi bor, albatta. Joningni sug’urib oladi ba’zida. Lekin shu yerni uyim dedim. O’g’lim uchun”.

Karlos Galindo bog’bon. Kaliforniya shtatidagi Beverli Xills kabi boy mahallalarning ko’rkam, muhtasham bog’larini parvarishlab, o’t-o’lanni tekislayman deb soatlab ishlaydi.

Kechga yaqin uyga, tunda har zamonda o’q ovozi eshitiladigan g’aribgina ko’chasiga qaytadi. Uning hayoti – o’g’li Luis. Shu bolakay shum yo’lga kirmasa, bo’ldi.

Karlos: “Necha kun dars qoldirding bu yil?”
Luis: “Bilmasam. 18-19 kun shekilli”.
Karlos: “Yaxshimas, Luis. Boshqa unday qilmagin. Maktabga borish kerak”.
Luis: “Xo’p bo’ladi”.
Karlos: “Menga o’xshab yurmoqchimisan?”
Luis: “Yo’q”.

Amerikadagi muhojirlar hayotidan: Orzu-umidlar, hayot uchun kurash

Amerikadagi muhojirlar hayotidan: Orzu-umidlar, hayot uchun kurash

Luis Los-Anjeles shahrida tug’ilgan, bundan chiqdi Amerika fuqarosi. Lekin otasi Karlosning hujjati yo’q. Bir necha yil oldin Meksikadan noqonuniy ravishda kelgan, tutib olishsa, deportatsiya qilishadi.

Los-Anjelesda yashovchi ko’p oilalarning holi shu. Siyosat ahli bahs qilar ekan, ular natijasi nima bo’lar ekan deb yashirinib kun kechirishga majbur.

Rejissyor Kris Vayts kartina noqonuniy muhojirot va siyosat haqida emas, deydi. Oddiy insonlarning orzu-umidlari va hayot uchun kurashi haqida.

“Ota-bola o’rtasidagi tafovut, dunyoqarashlari o’rtasidagi farqni ko’ring. O’g’il har safar otasiga ingliz tilida gapiraveradi, holbuki, ona tilini binoyiday biladi. Lekin Amerikada yashar ekan, ingliz tili ustunlik qiladi, shuni tanlaydi. Otasini, uning kasbini hurmat qilmaydi, chunki televizorda ko’radigan kinolari uning uchun haqiqat. Ko’p puling, yaxshi mashinang, bahaybat uying bo’lmasa, demak odam emassan, deb o’ylaydi u”, - deydi rejissyor.

Karlos: “Hayotimda borim sensan, jonim bolam. Nimani orzu qilsang, kim bo’lishni xohlasang, shunga yetishsang, deyman. Shunda ko’nglim tinch bo’ladi”.

Amerikadagi muhojirlar hayotidan: Orzu-umidlar, hayot uchun kurash

Amerikadagi muhojirlar hayotidan: Orzu-umidlar, hayot uchun kurash

“Karlos eskicha tarbiya olgan. Sabr-bardoshli. So’zining ustidan chiqadi. Ko’zlagan maqsadiga intilib yashaydi. Lekin hujjati yo’q bo’lgani uchun qisinib-qimtinib, boshini egib yurishi kerak. U hissiyotlarini tushuntirib berishga ojizlik qiladi. O’g’liga ham “bor-butim, qilayotgan ishlarim, maqsadim – sen, barini sen uchun qilayapman”, deb tushintirib bera olmaydi. Film qaysidir ma’noda ana shu haqda, bu dovonni yengishi haqida”, - deydi Kris Vayts.

Karlos: “Bizga nima bo’ladi endi?”
Luis: “Men haqimda o’ylamang”.
Karlos: “Nega endi? Fikru xayolim senda doim”.

Karlos rolini Meksikaning eng taniqli aktyorlaridan biri Demian Bichir ijro etgan. Bosh qahramonga qiyin: o’g’li uchun haqiqiy ota bo’lish, shu bilan birga, odamlar ko’ziga ko’rinmaslik.

“Hujjating bo’lmagandan keyin boshqa iloj bormi? Hayot nima deb buyursa, o’shani qilishga majbursan. Qani, bir gap qaytarib, o’zboshimchalik qilib ko’rchi. Politsiya kelib, darrov dumingni tugadi, oilangdan, o’g’lingdan judo qiladi”, - deydi aktyor.

Rejissyor Kris Vayts kartinamni siyosat bilan aralashtirmang, deb shart qo’yadi. Aktyor Demian Bichir esa bu asar keng jamoatchilik e’tiboriga tushadi, inson insonning dardini tinglaydi, degan umidda.

XS
SM
MD
LG