Gonkongda amerikacha ingliz tiliga qiziqish katta

  • Amerika Ovozi

Gonkong 156 yil davomida Britaniya mustamlakasi bo’lgan. So’ngra 1997-yilda Xitoy nazoratiga qaytgan. Shahar aholisi ingliz tilida bemalol so’zlashadi, maktablarda ham darslar asosan shu tilda. Ammo ko’plar amerikacha talaffuz qilishni, buning uchun maxsus til kurslariga qatnashni afzal ko’rmoqda.

Bu bolalar ingliz tili darslariga dam olish kunlari keladi. So’zlarni amerikacha talaffuz qilishni o’rganyapti. Viktor Chan farzandlari ham darsda:

“Kelajakda bolalarim Amerikada o’qisin, deyman. Shu sababli amerikacha shevani o’rganishni xohlayman. Keyinroq G’arb mamlakatlarida ish topishi osonroq bo’ladi”.

“Nature EQ” Gonkongda amerikacha til kurslari tashkil qilgan ko’psonli maktablardan biri. Unga Frenki Ng 17 yil avval asos solgan. Boshida 40 talabasi bor edi. Bugun 350 odam tahsil oladi.

“Ingliz tilida amerikacha gapirganda har bir so’z aniq eshitiladi, o’qitish ham, tushunish ham oson,” - deydi u.

Bolalar uchun esa eng muhimi…

“Amerikacha ingliz tilining ahamiyati oshib bormoqda, Britaniya talaffuzidan ham muhimroq bo’lib qoldi. Shuning uchun uni o’rganmoqchiman,” - deydi o'quvchilardan biri.

Gonkongning Seun Xvan O dahasida “American English Workshop” degan kurslar tashkil etilgan. Bir yil avval ochilganida 20 talaba qatnardi. Endi 180 odamdan ko’proq.

Sobiq Britaniya mustamlakasida amerikacha ingliz tili kurslarini taklif etayotgan xususiy maktablar ko’paymoqda. Vaholanki, davlat maktablarida Britaniya talaffuzi o’rgatiladi.

Kuzatuvchilar deydiki, butun dunyoda bolalardan tortib tadbirkorgacha - hamma ingliz tilida amerikacha shevada gapirishga harakat qilmoqda. Bunga Amerika madaniyati, xususan kino, videokliplar va kompyuter o’yinlari hamda internetning ommalashishi sabab bo’layotgani shubhasiz.

Xitoydagi badavlat odamlar ham aynan amerikacha ingliz tiliga qiziqish namoyish qilar ekan, Gonkongda talabni qondirishga harakat qilayotgan maktablar soni oshib borayapti.

Lekin Gonkongda odamlar hamon asosan Britaniya dialektida gapiradi.

Lekin amerikacha gapiraman, deganlar tobora ko’paymoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG