Breaking News

Yamanda shia isyonchilar prezident uyini o'z nazoratiga olgan


Yamanda Hutiylar harakat deya ta'nilgan shia isyonchilar Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadining uyida qo'riqchilarni o'z odamlari bilan almashtirgan. Kecha poytaxt Sanoda hutiylar hukumat xavfsizlik kuchlari bilan olishgan. Davlat rahbarining uyida ekani aytilmoqda.

Isyonchilar yetakchisi Abdul Malik al-Hutiyning televideniye orqali aytishicha, uning odamlari mamlakatda korrupsiya va totalitarizmga barham bermoqchi. Hutiy hukumatni iste'foga chaqirmadi, ammo shunday ehtimol mavjudligini tilga oldi.

BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh kotib Pan Gi Mun tomonlarni sulhga chaqirib, hukumat vakolatlarining tiklanishini talab qildi.

Qo'shma Shtatlar mamlakatdagi zo'ravonliklarni qoralamoqda. Oq uy rasmiylaridan birining aytishicha, Prezident Obama Yamandagi voqealardan xabardor qilinib turibdi. AQSh Arab yarimorolida qattiq o'rnashib olgan al-Qoidaga qarshi kurashda Hadi hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilgan. Xususan, uning ruxsati bilan AQSh jangarilarni dronlar yordamida nishonga olib kelmoqda.

Hutiylar Yamanda shialarga kengroq huquqlar berilishini talab qilib, sentabr oyida poytaxtni ishg'ol qildi. Shanba kuni esa prezidentning yordamchisini o'g'irlab ketishdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG