Ayova respublikachilari prezidentlikka kimni munosib ko'rdi?

  • Amerika Ovozi

Ayova respublikachilari prezidentlikka kimni munosib ko'rdi?

Ayova respublikachilari prezidentlikka kimni munosib ko'rdi?

Shu yilning 6-noyabrida AQShda prezident saylovlari bo'lib o’tadi. Demokratlardan yagona nomzod – amaldagi rahbar Barak Obama. Respublikachi da’vogarlar shtatma-shtat yurib, partiyadan saylovlarda yagona nomzod bo’lishga umid qilmoqda.

3-yanvar kuni respublikachilar Ayova shtatida ichki saylov uchun yig'ildi.

Yetakchi da'vogarlar - Massachussetts shtati sobiq guvernatori Mitt Romni va Pensilvaniya shtatidan sobiq senator Rik Santorum 25 foizdan, Texasdan kongressmen Ron Pol esa 21 foiz ovoz olgan.

Mitt Romni g'olib deb tanlangan. U Santorumdan atigi 8 ta ko'p ovoz olgan.

Ayova va ayrim boshqa shtatlar prezidentga nomzodni murakkab bir usulda tanlaydi. Bu yo’l "kokus" deb ataladi.

Kokus boshqa saralash jarayonlaridan nimasi bilan ajralib turadi? Vashingtondagi Jons Xopkins Universiteti professori Benjamin Ginsberg javob beradi:

Ayova respublikachilari prezidentlikka kimni munosib ko'rdi?

Ayova respublikachilari prezidentlikka kimni munosib ko'rdi?

“Muayyan partiya tarafdorlari har xil shtatda majlis qilib, siyosatchilar haqida rosa bahs qiladi. Fikrlar bayon qilinib, obdon elakdan o’tkazilgach, kun oxirida o’sha majlislarda ovoz berish jarayoni o’tkaziladi. So’ng hamma shtatlardagi jamiki ovozlar hisoblab chiqiladi”.

Mitt Romni

Mitt Romni

Ana o’shanda prezidentlikka da’vogar arboblarni qo’llab-quvvatlagan delegatlar soni chiqadi. Bu delegatlar yana boshqa saralash bosqichlariga borib, oxiri prezidentlikka nomzodni tanlaydi.

Bu – da’vogarlar shtatning har bir shahar, tumanida astoydil ishlashi va fuqaroni o’ziga og’dira olishi kerak degani. Barak Obama ham kokusdan o’tishi shart bo’ladi, xalqning ko’ngliga yo’l topishi darkor bo’ladi.

Ayova shtatidagi manzara. Da'vogarlar xalq ko'nglini ovlamoqda. Suratlar:

Ba’zi siyosiy tahlilchilar ta’biricha, kokuslar o’ta chalkash va har doim ham xolis natija beravermaydi. Jorjtaun Universiteti professori Mark Roum:

Ron Pol

Ron Pol

“Bunaqangi usul saylovchilar fikrini to’liq aks ettira olmaydi. Vaqt ajratib, yig’inga borib, bahs qiladigan odamlarning aksariyati eng tarafkash, eng konservativ fuqarolardir. Xususan, kokusda qatnashadigan respublikachilar ko’pincha konservatorlar. Demokratlar tarafdorlari, sir emas, liberalroq, yangi fikrlarga ochiqroq qaraydigan odamlar”.

Mazkur jarayonni demokratiya namunasiga deyarli teng ko’ruvchilar kam emas. Xovard Universiteti olimi Lorenzo Morris:

Rik Santorum

Rik Santorum

“Kokus xalq fikrini aks ettiribgina qolmay, bu fikrni shakllantiradi ham. Demokratiya misoli-ku bu – odamlar faqat o’zi bilganini qilib, o’zi bilganicha ovoz bermaydi, har xil mulohazani tinglab, o’ylab, qaror qabul qiladi. Albatta, hammaning ham gapi bir joydan chiqishi mushkul. Muhimi – ular bir-biri bilan hisoblashadi”.

Nomzodni tanlash jarayonini Ayova shtati boshlab beradi. Saralash yozning o’rtalarigacha davom etadi. Ana undan keyingina respublikachi nomzod kim ekanini bilamiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG