O'zbekiston hukumati haqiqatni yashirmoqchi, deydi xalqaro huquq tashkiloti xodimi

  • Amerika Ovozi

Stiv Sverdlov, "Human Rights Watch" tashkilotining O'zbekiston bo'yicha vakili

Stiv Sverdlov, "Human Rights Watch" tashkilotining O'zbekiston bo'yicha vakili

4 aprel kuni AQShning nufuzli gazetasi “The New York Times” da “Human Rights Watch” inson huquqlari tashkilotining O’zbekiston bo’yicha mas’ul vakili Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow) ning "O'zbekiston elchining ovozini o'chira olmaydi" sarlavhali katta sharhi chop etildi.

O’zbekiston “Human Rights Watch” ning Toshkentdagi idorasi va uning xodimlari faoliyatini cheklab kelayotgan edi, mana yaqinda uni butkul chiqarib yubordi, deydi muallif.

Hukumat bu borada lom-mim demaydi, ammo huquq tashkiloti o’z idorasini keskin bosim ostida yopishga majbur bo’lganini bildiradi.

Oliy Suddan kelgan qo’ng’iroq “Human Rights Watch” vakolatxonasi musodara qilinadi deya ogohlantirgan.

O’zbekiston rahbariyatining asl maqsadi ayon, deydi Stiv Sverdlov, mamlakatda inson huquqlari tinimsiz poymol etilayotganini xalqaro hamjamiyatdan yashirish, biror mustaqil tashkilotga vaziyatni kuzatish uchun yo’l bermaslik.

Respublikada ayni damda 13 huquqbon va ko’plab siyosiy faollar panjara ortida o’tiribdi va ularning yagona ayni hukumatni tanqid qilgani deya yozadi Sverdlov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG