Human Rights Watch: O'zbekistonda qiynoqlar to'xtamagan

  • Amerika Ovozi

O'zbek militsiyasi

O'zbek militsiyasi

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Human Rights Watch tashkilotining bildirishicha, O'zbekiston qiynoqqa solish amaliyotini to'xtatishga doir va'dalarini buzmoqda. Tashkilotning bugun chiqargan hisobotida aytilishicha, G'arb davlatlari strategik maqsadlarda O'zbekiston bilan aloqani kuchaytirib, bu kabi qonunbuzarliklarga ko'z yummoqda.

104 sahifali hujjat "Guvohlar qolmadi" deb nomlanadi. Unga ko'ra, qiynoqqa solish hollari, xususan, elektr toki bilan shokka tushirish va nafasni qisish amaliyoti, advokatlarga bosim qo'yish, inson huquqlari faollarini ta'qib etish davom etmoqda.

Tashkilotning O'zbekiston borasida izlangan tadqiqotchisi Stiv Sverdlovning aytishicha, G'arb ko'zini kattaroq ochib, O'zbekiston inson huquqlarini poymol etishda dunyoda yetakchi davlat ekanini ko'rishi lozim.

Hisobot AQSh, Yevropa Ittifoqi hamda boshqa yirik davlatlar va tashkilotlarni BMT qoshida O'zbekistonda huquq holatini yaxshiroq o'rganish mexanizmini yaratishga va jinoyat hollari aniqlangan taqdirda aydborlarni jazolashga chaqiradi, xususan, rasmiylar mulkini muzlatib va viza berishni cheklab.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG