HRW: O'zbekistonda huquq bobida biror siljish yo'q

  • Amerika Ovozi

Inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" tashkiloti, Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro kuzatuvchi organ, o'zining yillik hisobotida O'zbekistondagi vaziyatni og'ir va tobora repressiv deb tasvirlaydi.

O'zbekiston hukumati G'arbning boshqa muassasalari qatori bu tashkilotning tanqidlarini ham asossiz deb keladi.

Respublikaning huquq bo'yicha bosh vakili Akmal Saidov so'zi bilan aytganda, mamlakatda demokratik islohotlar jadal tarzda kechmoqda. Huquq va erkinlik bobida kattadan-katta qadamlar tashlanmoqda, qonunchilik va imzolangan xalqaro hujjatlar buning yaqqol isboti, deydi u.

Lekin inson huquqlari faollari va erkinlik targ'ibotchilari deydiki, islohotlar faqat qog'ozda.

Hukumatni va amaldagi siyosatni tanqid qilganlar konstitutsion tuzumga tahdid solganlikda ayblanib, qamoqda; asossiz hisbga olish, qiynoqlar; davlat organlarida chuqur ildiz otgan korrupsiya; mas'uliyatsizlik; haqiqatni jamoatchilikdan yashirish; fuqarolarga zarur ma'lumotni bermaslik; jurnalistlarga bosim va tazyiqlar...

Bular bugungi O'zbekistondagi oddiy manzara, deydi huquqbonlar.

"Human Rights Watch" hisobotining O'zbekistonga taalluqli qismi bilan (o'zbek tilida) mana bu yerda bafurja tanishing: https://www.hrw.org/sites/default/files/related_material/uzbekistan_uz_0.pdf
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG