Human Rights Watch: Qosimohunovni ekstraditsiya qilmang

  • Amerika Ovozi

Human Rights Watch nazarida O’zbekiston hukumati “terrorga qarshi kurash” bahonasida din ahliga bosimni oshirgan; zo’ravonlikni targ’ib qiluvchilar hamda oddiy dindorlar orasida farqni tan olmay keladi.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch tashkiloti Rossiya Oliy Sudini xalqaro qonunlarni hurmat qilib, O’zbekiston fuqarosi Yusup Qosimohunovni vatanga ekstraditsiya qilmaslikka chaqirmoqda.

Yurtida u qiynoqqa solinishi muqarrar, deyiladi tashkilot bayonotida.

Rossiya Oliy Sudi 18-iyul kuni Qosimohunovni vatanga jo’natish masalasini ko’rib chiqishi kerak. Rasmiy Toshkent uni O’zbekiston adliya tizimiga topshirishni so’rab keladi.

“Rossiya xalqaro qonunlarga imzo chekkan va bu inson qiynoqqa solinishini bila turib, ekstraditsiya qilishi mumkin emas”, - deydi Human Rights Watchning Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha direktori Xyu Vilyamson.

Rossiya sudi Qosimohunovni 2004-yilda Hizb ut-Tahrir al-Islomiy guruhiga a’zolikda aybdor topib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etgan.

Keyinroq bu muhlat yetti yil va to’rt oyga qisqartirilgan.

Hizb ut-Tahrir al-Islomiy Rossiya va O’zbekistonda taqiqlangan.

Qosimohunov 2011-yilning iyunida jazo muddatini o’tab bo’lgach, yana turmaga tashlangan. Aprelda Rossiya prokuraturasi uni ekstraditsiya qilishga qaror qilgan.

Human Rights Watch nazarida O’zbekiston hukumati “terrorga qarshi kurash” bahonasida din ahliga bosimni oshirgan; zo’ravonlikni targ’ib qiluvchilar hamda oddiy dindorlar orasida farqni tan olmay keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG