AQShda prezidentlikka da'vogar Jon Xantsmen poygadan chiqdi

  • Amerika Ovozi

Jon Xantsmen poygadan chiqayotgani haqida e'lon qilmoqda, Janubiy Karolina, 16-yanvarya, 2012-yil

Jon Xantsmen poygadan chiqayotgani haqida e'lon qilmoqda, Janubiy Karolina, 16-yanvarya, 2012-yil

AQShning Ayova va Nyu-Gempshir shtatlarida respublikachilar asosan Massachussetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romniga ovoz bergach, ko'zga ko'ringan arboblar va matbuot uni noyabrda bo'ladigan prezident saylovlarida respublikachilardan yagona nomzod sifatida ko'rish istagini bildirmoqda.

Bugun da'vogarlardan biri, AQShning Xitoydagi sobiq elchisi Jon Xantsmen poygadan chiqib, Romnini qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Uning aytishicha, Romnining siyosati unga ma'qul va u partiyadoshining yo'lida to'g'anoq bo'lishni istamaydi.

Janubiy Karolinaning "Shtat" deb nomlangan yirik gazetasi ham Romniga xayrixohlik bildirgan. Ma'lumki, respublikachilar uchun navbatdagi ichkipartiyaviy saylovlar aynan shu shtatda 21-yanvar kuni o'tkaziladi. Romniga qarshi yana to'rt da'vogar qolgan.

Texaslik kongressmen Ron Pol, sobiq senator Rik Santorum, Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingirch va Texas gubernatori Rik Perri. Bugun arboblar television debatda bellashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG