Malidagi tarixiy obidalarni vayron qilganlikda ayblangan shaxs Gaaga sudida

  • Amerika Ovozi

Malining Timbuktu shahri islom dini Afrika bo'ylab tarqalishida muhim rol o'ynagan. Shahar qit'aning islomiy markazi hisoblangan.

Malining Timbuktu shahri islom dini Afrika bo'ylab tarqalishida muhim rol o'ynagan. Shahar qit'aning islomiy markazi hisoblangan.

1-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudida Malining Timbuktu shahridagi tarixiy diniy obidalarni vayron qilganlikda ayblanayotgan radikal islomchi ishi ko’rildi.

Prokurorlarga ko’ra, al-Qoidaga aloqador Ansar al-Dayn guruhi a’zosi Ahmad al-Faqi al-Mahdiy 14 ta maqbara va masjidning buzilishi ortida turgan asosiy shaxs. Ushbu guruh Mali shimolini 2012-yil boshida bosib olgan. Keyinchalik ularni Fransiya qo’shinlari quvib yuborgan.

Sud jarayoni davomida al-Mahdiy ayblovlarni yaxshi tushunayotganini aytdi. Ikki kunlik jarayonda prokurorlar sudyalardan ishni ko’rib chiqish uchun yetarli dalil bor deya tasdiqlashni so’ramoqda.

Al-Mahdiy Xalqaro jinoyat sudida tarixiy va diniy obidalarga hujum qilganlikda ayblanib, javobgarlikka tortilayotgan birinchi shaxs. Bu sudda, odatda, urush davrida sodir etilgan jinoyatlar ko’riladi.

Malidagi isyon natijasida hokimiyatga kelgan taraf mamlakatda shariat o’rnatib, o’zining sudi orqali Timbuktudagi obidalarni yo’q qilishni buyurgan.

Obidalarning ayrimlari 14-asrda qurilgan bo’lib, UNESCO tashkilotining Jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan. Vayron etilgan inshootlarni UNESCO hozirga kelib qayta tikladi.

333 Avliyo shahri sifatida tanilgan Timbuktu islomiy bilim markazi hisoblanib, bu dinning Afrikada tarqalishida muhim rol o'ynagan.

Ahmad al-Faqiy al-Mahdiy (chapda) tarixiy obidalarni buzganlikda ayblanib Xalqaro jinoiy sudda tortilayotgan birinchi shaxs

Ahmad al-Faqiy al-Mahdiy (chapda) tarixiy obidalarni buzganlikda ayblanib Xalqaro jinoiy sudda tortilayotgan birinchi shaxs

​Prokuror Fatu Bensuda Timbuktudagi hujumlarni o’tgan yili Suriyaning Palmira shahridagi tarixiy obidalarning “Islomiy davlat” terror guruhi tomonidan vayron qilinishi bilan qiyosladi.

Bensuda deydiki, al-Mahdiy sodir etganligi gumon qilinayotgan harakatlar “aholi sha’n-sharafi, yeri va tarixiga nisbatan shafqatsiz hujumdir”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG