Falastin 1-aprel kuni Xalqaro jinoiy sudga rasman a'zo bo'lishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Xalqaro jinoiy sud binosi

Xalqaro jinoiy sud binosi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Falastin 1-aprel kuni Xalqaro jinoiy sudga rasman a'zo bo'lishi haqida ma'lum qildi.

Shunday bo'lgan taqdirda Falastin urush jinoyatlari bo'yicha Isroilga qarshi da'vo ochishi mumkin. Biroq shu bilan birga Falastinning o'ziga qarshi ham ayblovlar olg'a surilishi mumkin.

Falastinning Isroil 1967-yilda bosib olgan yerlarda davlat joriy etishga muhlat qo'yuvchi rezolyutsiya loyihasi BMT Xavfsizlik Kengashida rad etilgach, Falastin Xalqaro jinoiy sudga a'zo bo'lish harakatini boshlagan.

Isroil bunga qarshilik bildirib, soliqdan to'plangan 125 million dollar Falastinga o'tkazishdan bosh tortdi. Isroilning eng yaqin ittifoqchisi AQSh ham norozi ekanini aytib, tomonlarni masalani muzokara orqali hal qilishga da'vat etib keladi.

Gaagada joylashgan Xalqaro jinoiy sudda urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi boshqa jinoyatlar ko'rib chiqiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG