Oq uyda iftor: diniy erkinlik - uzviy qadriyat

  • Amerika Ovozi

Iftordagi mehmonlar orasida Samanta Eluf ham bo'ldi. U hijob o'ragani uchun ishga olinmaganidan shikoyat qilib, Oliy Sudgacha chiqqan va g'olib bo'lgan.

Iftordagi mehmonlar orasida Samanta Eluf ham bo'ldi. U hijob o'ragani uchun ishga olinmaganidan shikoyat qilib, Oliy Sudgacha chiqqan va g'olib bo'lgan.

Prezident Barak Obama Oq uyda mehmonlarni kutib olar ekan, yanglish diniy tasavvurlardan xalos bo'lish zarurati haqida gapirdi. Iftorga diplomat, qonunchi va yetakchi musulmonlar taklif qilindi.

Obamaning aytishicha, iftor Amerikada diniy erkinlik - uzviy qadriyat ekanini eslash uchun yaxshi imkoniyat.

Mehmonlar orasida Samanta Eluf ham bo'ldi. U hijob o'ragani uchun ishga olinmaganidan shikoyat qilib, Oliy Sudgacha chiqqan va g'olib bo'lgan.

Obama diniy nafratga asoslangan qonli hujumlarni tanqid qildi. O'tgan hafta Janubiy Karolina shtatidagi Charlston shahrida qora tanlilarning cherkovida sodir etilgan qatliom shular jumlasidan, dedi prezident.

Bizni qo'rqitmoqchi bo'lganlarida, biz aksincha kuchga to'lamiz, dedi Oq uy rahbari. Amerikada hech kim shaxsiyati, ko'rinishi, e'tiqodi uchun o'qqa tutilmasligi kerak; har qanday nafratga qarshi turib berishga qodirmiz, dedi Barak Obama.

Prezident Yaqin Sharqdagi beqarorlik asorati hisoblangan qochqinlar taqdirini alohida tilga oldi. Bundan tashqari, Myanmada hujumga uchrayotgan rohinja musulmonlari haqida baralla gapirishimiz zarur, dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG