Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda


Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari Dominik Stross-Kan jinsiy tajovuzda ayblanib, Nyu-Yorkning Jon Kennedi xalqaro aeroportida hibsga olingan.

U bugun Nyu-York shahar sudiga olib borildi. Tergov davom etar ekan, sudya uning tovon evaziga ozodlikka chiqishiga ko'nmagan.

Dunyoning eng yirik moliyaviy tashkilotlaridan birining rahbari "shilqim" degan nom ham qozongan. O'z qolida ishlagan bir ayol bilan ishqiy aloqalari savol ostiga olinib, ancha tekshirilgan va bu juvon "o'zim istaganman" deb chiqqani bois bu ish yopilgan edi.

Ayni damda Fransiyada 31 yoshli jurnalist Tristan Banon Stross-Kanni unga tajovuz qilishga uringanlikda ayblamoqda.

Banonning aytishicha, 2002 yilda intervyu paytida Stross-Kan uni zo'rlashga harakat qilgan.

Bosh direktor tergov ostida bo'lishiga qaramay global moliya tizimini kuzatuvchi, kambag’al mamlakatlarga qarz beruvchi Xalqaro Valyuta Jamg'armasi o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

Tashkilot Yevropa davlatlarini iqtisodiy inqirozdan olib chiqishda muhim rol o'ynab kelmoqda. Dominik Stross-Kanga nisbatan ishonch va hurmat baland edi.

Nyu-York politsiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, 62 yoshli Stross-Kan, Fransiya fuqarosi, Manxettendagi “Sofitel” mehmonxonasida, 3 ming dollarlik nomerda, xonani tozalashga kirgan 32 yoshli ayolga tashlangan. Xizmatchi qochishga uringan, deyiladi bayonotda, ammo Stross Kan uni koridordan xonaga sudrab olib kirib zo’rlagan. Jabrlanuvchi jarohatlangan, ammo og'ir ahvolda emas.

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

Ayblanuvchi bu da’volarning barchasini inkor etmoqda.

“Stross-Kanning mehmonxonadagi nomeridan telefon va shaxsiy buyumlarini topdik. Ko’rinishidan shoshilinch tarzda chiqib ketgan”, - deydi politsiya so’zlovchisi Pol Braun.

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari jinsiy tajovuzda ayblanmoqda

1997-1999 yillarda Fransiyaning iqtisodiyot va moliya vaziri bo’lib ishlagan Dominik Stross-Kan uylangan, 4 farzandning otasi. Rafiqasi Anna Sikleyer "Erimning aybi yo'qligiga iymonil komil" deydi.

Stross-Kan Fransiyada kelasi yilgi prezident saylovlarida Sotsialistlar Partiyasidan nomzod etib ko'rsatilishi, Fransiyaning amaldagi rahbari Nikolya Sarkozi bilan bellashishi kutilayotgan edi.

Stross-Kan jinsiy tajovuzda aybdor deb topilsa, Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari lavozimidan ketishi aniq, deydi fransuz sharhlovchilari. Prezidentlikka nomzod sifatida maydonga chiqish imkoniyatini ham boy bergan bo’ladi.

XS
SM
MD
LG