Dominik Stross-Kan oqlansa siyosatga qaytsin, deydi tarafdorlari


Dominik Stross-Kan oqlansa siyosatga qaytsin, deydi tarafdorlari

Dominik Stross-Kan oqlansa siyosatga qaytsin, deydi tarafdorlari

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi sobiq direktori Dominik Stross-Kan Nyu-Yorkda uy qamog’idan ozod etildi.

Uni jinsiy tajovuzda ayblagan muhojir ayolning o’tmishi va bergan ko’rsatmalari izchil tekshirilgach, sud shunday qarorga kelgan.

Stross-Kan endilikda Qo’shma Shtatlar bo’ylab erkin harakatlanish huquqiga ega. Sud 6 million dollar tovon pulini qaytarib bergan. Uning advokatlari jinoiy ishni bekor qilishni so’ramoqda.

Nyu-Yorkdagi “Sofitel” mexmonxonasi xizmatchisi, 32 yoshli ayol Stross-Kan unga tashlanib, zo’rlaganini da’vo qilib keladi.

“Biroq prokurorlarga u bir necha bor yolg’on gapirgani, shaxsiy hujjatlarida, xususan Amerika hukumatidan boshpana so’ragan arizasida soxta ma’lumotlar borligi aniqlandi”, deb yozadi “Nyu-York Tayms” gazetasi.

Gvineyalik bu ayolning narkotik moddalar savdosi va moliyaviy firibgarlikka aloqasi borligi tekshirilmoqda.

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbarligidan ketgan Dominik Stross-Kan, Fransiya fuqarosi, boshidan barcha ayblovlarni inkor etib keladi.

Fransiya siyosiy sahnasida tanilgan arbob 2012 yilgi prezident saylovlarida Sotsialistlar partiyasidan nomzod bo’lib qatnashishi kutilgan edi.

Vatanida, tarafdorlari orasida sud uni oqlasa Stross-Kan poygada ishtirok etadi, deb umid qilayotganlar ko’p.

XS
SM
MD
LG