Breaking News

Xalqaro tashkilot: Ukraina iqtisodining oyoqqa turishi oson bo'lmaydi


Urushda vayronaga aylangan bino. Ukraina sharqidagi Semyonovka qishlog'i. 9-iyul 2014-yil
Urushda vayronaga aylangan bino. Ukraina sharqidagi Semyonovka qishlog'i. 9-iyul 2014-yil

Mojaro keskinlashib, tashqi qarz masalasi uzoq vaqt hal bo’lmayotgani Ukraina moliyaviy barqarorligini qayta tiklashga jiddiy tahdiddir. Bunday bayonotni seshanba kuni Xalqaro valyuta jamg’armasi berdi.

Fond 17,5 milliard dollarga teng kredit dasturini qayta ko’rib chiqqach hisobot chiqardi. Unda sharqda faol rossiyaparast kuchlar mamlakat iqtisodi uchun eng katta tahdid deyiladi.

"Kelajakda tahdidlar nihoyatda katta bo'ladi”, deyiladi hisobotda va mojaro qancha davom etishi, uning kelajakdagi ko’lami, qarz atrofidagi muzokaralarning cho’zilishi hamda siyosatning samarali amalga oshirilmayotgani muammolar sirasida alohida tilga olinadi.

Fevralda hukumat va ayirmachilar erishgan sulhga qaramay, otishma davom etmoqda, deyarli har kuni odamlar nobud bo’ladi. Ayni vaqtda, Xalqaro valyuta jamg’armasining Ukrainaga oid rejasi Kiyevning qarzini restrukturizatsiya qilib, 15 milliard dollar tejay olish-olmasligiga bog’liq. Biroq kreditorlar bilan so’zlashuvlar to’rt oydan beri olib boriladi, hanuz natija yo'q.

Rasmiy Kiyev esa shu yil sentabr oyi oxirigacha kreditorlar bilan murosaga erishiladi, deb ta'kidlamoqda. Ya'ni Ukraina sentabr oyida kreditorlarga to’lanishi kerak bo’lgan 500 million dollarni to’lash niyati yo'q.

Iqtisodni kasoddan saqlab qolish rejasi doirasida mamlakatga 40 milliard dollar ajratish rejalangan. Buning ichida Xalqaro valyuta jamg’armasidan 17,5 milliard dollarga teng kreditlar, boshqa xalqaro tashkilotlardan 7,5 million dollarga teng kreditlar hamda davlat obligatsiyalarini chiqarish orqali yana 15,3 milliard dollar olish ko’zda tutilmoqda.

Jamg’armaga ko’ra, Ukraina yalpi ichki mahsuloti 2015-yilda 9 foizga kamayadi, inflyatsiya 46 foizga teng bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG