Xalqaro valyuta fondi nazarida O'zbekiston iqtisodiyoti qay ahvolda?

  • Amerika Ovozi

O'zbekistonga chet elda ishlayotgan fuqarolaridan, xususan Rossiyagi migrant ishchilardan kelgan pul o'tgan yili 14 foizga, bu yilning birinchi choragida esa 45 foizga kamaygan.

O'zbekistonga chet elda ishlayotgan fuqarolaridan, xususan Rossiyagi migrant ishchilardan kelgan pul o'tgan yili 14 foizga, bu yilning birinchi choragida esa 45 foizga kamaygan.

Xalqaro valyuta jamg'armasi bergan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning birinchi yarmida 7,5 foizga o'sgan. O'tgan yildagidan biroz past.

Yevrozona va Rossiyadagi moliyaviy muammolar hamda neft va gaz bahosi tushib ketgani mamlakatdagi vaziyatga jiddiy ta'sir qilmoqda, deya tasdiqlaydi tashkilot. Inflyatsiya darajasi 9 foiz atrofida.

O'zbekistonga chet elda ishlayotgan fuqarolaridan, xususan Rossiyagi migrant ishchilardan milliardlab dollar mablag' keladi. O'tgan yili uning miqdori 14 foizga tushgan bo'lsa, bu yilning birinchi choragida 45 foizga kamaygan.

Rossiyadan bu yilning birinchi yarmida 1,1 milliard dollar tushgan. 2014-yilda 5,9 milliard dollar yuborilgan. 2013-yilda esa bu miqdor 6,6 milliard dollarni tashkil etgan edi.

Respublikaning rasmiy ko'rsatkichlariga tayanuvchi Xalqaro valyuta jamg'armasiga ko'ra, O'zbekistonning 2015-yil byudjetidagi kamomad 1 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Tashkilot rahbariyati hukumat sanoat taraqqiyotiga ko'proq e'tibor qaratayotganini yuqori baholar ekan, inflyatsiyani jilovlashga undamoqda.

Konvertatsiya bilan bog'liq muammolarni hal etish kerak, cheklovlarni yo'q qilib, pul almashtirish jarayonini erkinlashtirik kerak, deya maslahat bermoqda Xalqaro valyuta jamg'armasi.

Bank tizimi ancha barqaror, deya maqtaydi tashkilot, uning nazorati yaxshi yo'lga qo'yilgan va shunday turishi kerak.

O'zbekistonda biznes muhitni yaxshilash, iqtisodiyotda yangi jabhalarga yo'l berish, uni xilma-xillashtirish, erkinlashtirish, mehnat bozorini rivojlantirish singari tavsiyalar berilmoqda.

Makroiqtisod va ijtimoiy vaziyat haqida vaqtida sifatli ma'lumot yig'ish va tarqatish maqsadida O'zbekiston Xalqaro valyuta jamg'armasining General Data Dissemination System degan tizimiga kirishi va u yerdagi informatsiyani yangilab turishi kerak.

Tashkilot O'zbekistondagi o'rtacha maosh haqida aniq ma'lumotga ega emas. 2015-yilda yalpi ichki mahsulot 66 milliard dollar atrofida bo'lishi taxmin qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG