Vashingtonda qonuniy, noqonuniy muhojirlar namoyishga chiqdi

  • Amerika Ovozi

Demokrat va respublikachi qonunchilar guruhi yaqin orada immigratsion islohot borasida tavsiyalar bilan chiqishi kerak. Loyihada ham chegaralarni mustahkamlash, ham fuqarolik haqida so’z boradi.

Demokrat va respublikachi qonunchilar guruhi yaqin orada immigratsion islohot borasida tavsiyalar bilan chiqishi kerak. Loyihada ham chegaralarni mustahkamlash, ham fuqarolik haqida so’z boradi.

Vashingtonda kecha o’n minglab odamlar to’planib, Kongressni immigratsiya islohoti bo’yicha qonunni shu yil ma’qullashga undadi. Hujjat bu davlatda yashayotgan 11 million noqonuniy muhojirga fuqarolik uchun yo’l ochishi mumkin.

Kapitoliy qarshisida yig’ilganlar asosan muhojirlar.


Hujjati yo’q immigrantlarga fuqarolik eshiklarini ochish fursati yetdi, deydi ular. Amerika Kalderon poytaxtdagi boshlang’ich maktab bolalarini yetaklab keldi.

“Bolalarni shahardagi tekin hovuzga cho’milishga olib borolmaysiz yoki biror ta’limiy dasturga kirita olmaysiz. Chunki ularning dokumenti yo’q”, - deydi muallim.

10 yashar Yeva Garsianing ota-onasi Meksikadan. AQShda yashayotgan millionlab nolegal oilalardan biri.

“Oilam baxtli bo’lishini, birga bo’lishini xohlayman”, - deydi u.

Demokrat va respublikachi qonunchilar guruhi yaqin orada immigratsion islohot borasida tavsiyalar bilan chiqishi kerak. Loyihada ham chegaralarni mustahkamlash, ham fuqarolik haqida so’z boradi.

Mark Krikoryan nazarida noqonuniy muhojirlarni qabul qilishga shoshmagan ma’qul. U qonunlarni keskinroq qilish tarafdori.

“Avval chegaralarni mustahkamlash, huquq-tartibot idoralarini pishiqlash kerak. Nolegallarga fuqarolikni va’da qilishdan oldin shuni bitiraylik”, - deydi Mark Krikoryan.

U 1986-yilgi voqeani misol qiladi. O’shanda uch million noqonuniy immigrantga imkoniyat berilgan. Lekin chegaralar bo’sh bo’lgani bois yana millionlar AQShga yashirincha kirib imtiyoz talab qila boshlagan, deydi Den Stayn, Amerika immigratsiya islohoti guruhi vakili.

“Nega endi shuning uchun soliq to’lashim kerak? Nega endi qonunga amal qilishim kerak? Boshqalar chegarani buzib, jazo o’rniga haqqini talab qilayapti-ku!”- deydi Stayn.

Rojer Kastello Amerikada 10 yildan beri yashaydi. Noqonuniy immigrant. AQShga muhojirlar asos solgan va biz kabilarni itarib haydash g’irt irqchilikning o’zi, deydi u.

“Hamma joyda hujjat so’rashadi. Qog’ozing yo’qmi, katta ko’cha. Qo’lingdan kelganini qil”, - deya norozi bo'ladi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG