Senat immigratsiya tizimi islohotini ko'rib chiqmoqda

  • Amerika Ovozi

Ichki xavfsizlik vazirasi Janet Napolitano senatorlar Patrik Lexi va "America Online" korporatsiyasi rahbari Stiv Keys bilan, AQSh Senati, 13-fevral, 2013

Ichki xavfsizlik vazirasi Janet Napolitano senatorlar Patrik Lexi va "America Online" korporatsiyasi rahbari Stiv Keys bilan, AQSh Senati, 13-fevral, 2013

AQSh Senatining Adliya qo’mitasida immigratsion islohotga doir tinglov o’tkazildi. Prezident Barak Obama seshanba kuni Kongressdagi yillik nutqida tizimni isloh qilishga chaqirdi.

Ichki xavfsizlik vazirasi Janet Napolitanoning tinglovda aytishicha, Amerika immigratsiya tizimi ta’mirga muhtoj. Uning hozirgi ko’rinishi iqtisodga zarar, deydi u.

"Sistema ishlamayapti. Jamoalar, ishchilar, ish beruvchilarning hammasi iqtidorli, ammo hujjatsiz talabalarga ham, qoradori savdogariga ham munosabat bir xil ekanidan tashvishda", - deydi Janet Napolitano.

Lotin Amerikasidan chiqqan muhojir faollar Obamani immigratsiya islohotiga prezidentligining birinchi muddati davomida qo’l urmagani uchun tanqid qilmoqda.

Prezident Obama Kongressni masalaga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirmoqda.

"Iqtidorli va intiluvchan muhojirlar iqtisodiyotimizni yanada kuchaytiradi. Tadbirkorlar, huquq-tartibot organlari, diniy idoralar keng qamrovli islohotlar vaqti kelganini aytmoqda. Ishga kirishaylik", - dedi prezident.

O’tgan oy demokrat va respublikachi senatorlardan iborat guruh yangi tashabbus bilan chiqib, noqonuniy muhojirlarga davlat ro’yxatidan o’tishni, jinoiy o’tmishi yo’qligini tekshirtirishni, jarima va to’planib qolgan soliqlarni to’lashni taklif qildi. Buning evaziga ularga AQShda qonuniy ravishda vaqtinchalik yashash va ishlash huquqi va’da qilindi. Sinov muddati davomida ular “grin karta”ga hujjat topshirish imkoniga ega bo’ladi. Bolaligida Amerikaga kelgan muhojirlar hamda oziq-ovqat sanoati va qishloq xo’jaligida band xizmatchilarning ishi osonlashtiriladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG