Amerikada jinoyat sodir etgan odamlardan immigratsiya qonunini buzganlar ko'p

  • Amerika Ovozi

2011-yilda 430 ming odam AQSh Bojxona va chegara xavfsizligi boshqarmasi hamda Immigratsiya va bojxona agentligi tomonidan saqlangan.

2011-yilda 430 ming odam AQSh Bojxona va chegara xavfsizligi boshqarmasi hamda Immigratsiya va bojxona agentligi tomonidan saqlangan.

Amerikaning Migratsiya siyosati instituti hisobotiga ko’ra, Oq uy noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgan. Immigratsiya xodimlari sonini oshirish, yangi asbob-uskuna sotib olish, chegaralarni muhofaza qilish uchun qo’shimcha mablag’ ajratilgan.

Shu bilan birga Oq uy tatbiq etayotgan islohotlarga ko’ra, ayrim noqonuniy muhojirlarning ishlari qayta ko’rilib, ular uchun fuqarolikka yo’l ochilishi mumkin. Respublikachi qonunchilar bu choralarni tanqid qilmoqda.

Migratsiya siyosati instituti hisobotida aytilishicha, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashuvchi idoralarning 2012-yilgi byudjeti 18 milliard dollar bo’lib, bu barcha huquq tartibot organlarining umumiy byudjeti yig’indisidan uch milliard dollar ko’pdir.
1986-yildan beri Qo’shma Shtatlar immigratsiya nazorati uchun 187 milliard dollar sarflagan.

AQShda federal qonunlarni buzib qamoqqa tushgan barcha mahbuslardan ko’ra, bir yilda ushlangan noqonuniy immigrantlar ko’p. 2011-yilda 430 ming odam AQSh Bojxona va chegara xavfsizligi boshqarmasi hamda Immigratsiya va bojxona agentligi tomonidan saqlangan.

Hisobotga ko’ra, 2000-yilda chegarani noqonuniy ravishda kesib o’tgan 1,6 million odam ushlangan bo’lsa, 2011-yilda 340 ming kishi ushlangan. 1990-yilda 30 ming odam AQShdan deportatsiya qilingan bo’lsa, 2011-yilda bundaylar soni 392 mingni tashkil etgan. Jami so’nggi 20 yilda to’rt milliondan ziyod odam deportatsiya qilingan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG