O'zbekiston Islomiy Harakatining rahbari o'lgan

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston Islomiy Harakati sobiq rahbari Odil Usmon, 2012-yil aprel oyida AQSh havo hujumida halok bo'lgan

O'zbekiston Islomiy Harakati sobiq rahbari Odil Usmon, 2012-yil aprel oyida AQSh havo hujumida halok bo'lgan

O’zbekiston Islomiy Harakati tarqatgan ma’lumotga ko’ra, guruh rahbari Usmon Odil Pokistonning Shimoliy Vaziriston mintaqasida aprel oyida AQSh havo hujumida halok bo’lgan. O’shanda yana uch jangari o’lgan edi.

Bu xabarni Pokiston razvedkasi tasdiqlamoqda. Usmon Odil guruh asoschisi va sobiq rahbari Tohir Yo’ldoshning o’limidan so’ng 2010-yil avgustida harakat amiri etib tayinlangan edi. Tohir Yo’ldosh ham AQShning pilotsiz samolyoti hujumida 2009-yil avgustida o’lgan. Odil Usmon uning kuyovi bo’lgani aytiladi.

Harakatning internetdagi sahifasiga ko’ra, yangi amir etib uning o’rinbosari Odil G’ozi tayinlangan.

O’zbekiston Islomiy Harakati ko’plab davlatlar tomonidan terrorchi tashkilot deya tan olingan bo’lib, al-Qoidaga aloqasi borligi aytiladi. Guruh jangarilari Shimoliy Vaziristonda faol.

Qo’shma Shtatlar mintaqani pilotsiz samolyotlar yordamida havodan nishonga olib turadi. Hujumlar Pokiston hukumatining rasmiy ruxsatisiz amalga oshiriladi. Islomobod bu amaliyotlarga qarshi.

Pokiston razvedkasi rahbari Zohirul Islom bir necha kun avval Vashingtonda bo’lganida jangarilarga qarshi hujumlarni Pokistonning F-16 qiruvchi samolyotlari vositasida amalga oshirishni taklif qilgan edi, ammo Obama ma’muriyati nazarida pilotsiz samolyotlardan foyda ko’proq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG