Breaking News

Tramp sharafiga tantanalar


Tramp sharafiga tantanalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

Tramp sharafiga tantanalar

Vashingtonda payshanba, 19-yanvar kuni yangi prezident sharafiga katta konsert tantanasi o'tdi. Yangi rahbar etib saylangan Donald Tramp yig'ilganlarni olqishladi, xonanda-sozandalar kuy-qo'shiq aytdi. Marosimni ko'rish uchun 10 ming odam keldi.

Kun botib, sahnani yulduzlar egalladi. Vatanparvarlik haqida kuylab, yangi prezidentga hamdu sanolar aytishdi.

Donald Tramp qasamyod keltiradigan Kapitoliydan atigi to'rt kilometr naridagi manzara. Qayoqqa qaramang odam.

Nik Oven uchun bularning bari yangi. Qasamyodni birinchi bor ko'rishi. Vashingtonga birinchi kelishi. 19 yoshli yigit ilk bor ovoz berdi.

"Saylov kechasini "YouTube" saytida chamasi 50 marta ko'rdim shekilli. Har qanday kinodan a'lo", - deydi u.

Robin Rayt Linkoln haykali poyidagi tomoshani ko'rish uchun Floridadan keldi.

"Har qancha kutsangiz ham arziydi. Har qanday charchoqqa arziydi. Bir yarim yildan beri uni kutamiz", - deydi u.

Tramp ko'rinish bergani zahoti odamlar qarsak chalib qiyqira ketdi.

"Siz meni olqishlasangiz, men sizni sharaflayman. Biz g'alaba qildik. Birga mehnat qilib, Amerikani yana buyuk davlatga aylantiramiz", - dedi Donald Tramp.

Bu fuqarolar Oq uyga respublikachi arbobni saylash uchun sakkiz yil kutdi. Ular tanlagan rahbar, 45-prezident Donald Tramp juma kuni peshinda xizmatga kirishadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG