Al-Qoida Hindiston tomon yo'l olmoqda

  • Amerika Ovozi

Al-Qoida faol hududlar

Al-Qoida faol hududlar

Al-Qoida yetakchisi Ayman al-Zavohiriyning aytishicha, guruh faoliyatini Hindiston va uning atrofidagi mamlakatlarga ham yoymoqda.

Ayni damda al-Qoida Afg’oniston va Pokistonda faol, biroq internetda chiqqan videoda Zavohiriyning ma’lum qilishicha, jangarilar endi Hindiston, Birma va Bangladeshda ham jihod qiladi.

55 daqiqali videoda Zavohiriy bu ishga ikki yil tayyorgarlik olib borilganini aytadi.

Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra, bu Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi uchun boshog’riq bo’lishi turgan gap, chunki u Gujarat shtati gubernatori bo’lgan davrda ba’zi hollarda musulmonlarning yonini olmagan.
Musulmonlar Hindiston aholisining 15 foizini tashkil etadi. Bu taqriban 175 million odam degani.

Narendra Modi al-Qoidaning bu rejasi bo’yicha izoh bermagan, biroq uning idorasi nazarida bu juda ham tashvishlanarli holat.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG