Dehli uyg'ur faoli Tolqin Isaga berilgan vizani bekor qildi

  • Amerika Ovozi

Germaniyada yashaydigan uyg'ur faoli To'lqin Isa

Germaniyada yashaydigan uyg'ur faoli To'lqin Isa

Germaniyada yashayotgan uyg'ur faoli To'lqin Isa shu hafta Hindistondagi anjumanda qatnashishi kerak edi.

Dehli kutilmaganda turist vizasini bekor qildi. Anjuman Hindiston shimolida, surgundagi Tibet hukumatining qarorgohida o'tishi belgilangan.

Rasmiy Dehli qarorini izohlamayapti. Biroq taxminlarga ko'ra, Xitoy Hindistonni shunga majbur qilgan bo'lishi mumkin.

Pekin To'lqin Isani terrorchi deb biladi. Faol Jahon uyg'urlari kongressining raisi, dunyoda uyg'urlar huquqlari uchun kurashib keladi.

Hindiston avvaliga uyg'ur yetakchisiga viza bergani matbuotda Pekindan alamini olish deya sharhlangan edi. Dehli avvalroq BMTdan Pokistonda asoslangan jangari Masud Azharni terrorchi deya tamg'alashni so'ragan, biroq bu arz Xitoy tomonidan to'silgan edi. Hindiston nazarida bu masalada Xitoy Pokistonning tarafini oldi. Isaning viza bilan siylanishi Bosh vazir Narendra Modi hukumati Xitoyga qarshi turib berishga tayyor ekanidan nishona deya ko'rilgan edi.

Biroq keyinroq Dehli vizani bekor qildi.

To'lqin Isaning Hindiston qaroridan hafsalasi pir. "Hindiston hukumati mushkul ahvolda ekanini tushunaman, mening tashrifim bunday shov-shuv ko'tarishini xohlamagan edim", - deydi faol.

Daramsaladagi konferensiya Amerikada asoslangan faollar tomonidan tashkil qilinmoqda. Unda uyg'urlar, tibetliklar va surgunda yashovchi boshqa elat va guruhlar qatnashishi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG