Hindiston, Eron muhim port qurishga kelishdi

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani, Eron rahbari Hassan Ruhoniy va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Tehronda uch tomonlama bitim imzoladi. 23-may, 2016-yil.

Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani, Eron rahbari Hassan Ruhoniy va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Tehronda uch tomonlama bitim imzoladi. 23-may, 2016-yil.

Hindiston va Eron dushanba kuni Eron janubi-sharqida strategik bandargoh qurishga kelishdi. Bu port Dehlini Afg'oniston va Markaziy Osiyo bilan bog'laydi, shu bilan bir paytda, Pokistonni aylanib o'tadi.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Tehronda bo'lib, Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan ko'rishgach, Chabahar portiga doir kelishuv imzolandi.

Modining ikki kunlik safari davomida qo'l qo'yilgan 12 hujjatdan eng muhimi edi bu.

Dehli loyihaga 500 million dollar samoya kiritadi. Hindiston, Eron va Afg'oniston ham uch tomonlama bitimlarga qo'l qo'yib, temir yo'l va avtomobil yo'llari barpo etishga rozi bo'ldi.

Modi nazarida regional iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lidagi muhim qadam bu. Hindiston mazkur loyiha Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo va strategik rishtalarni mustahkamlash imkonini beradi degan umidda.

Dehli Chabahar loyihasini Xitoyga qarshi qo'ymoqda. Pekin o'z navbatida mintaqada portlar va infratuzilma barpo etishga zo'r bergan. Dehli nazarida Xitoy shu tariqa regionda ta'sir doirasini oshirmoqda. Chabahar porti Pokistonda Xitoy qurayotgan Gvadar portidan 100 kilometr narida joylashgan.

Hindiston, shuningdek, Eron bilan aloqalarni ham qalinroq qilish harakatida. Amerikaning sanksiyalari sekin-asta olib tashlanar ekan, Tehron o'z iqtisodiyotini tiklashga tushgan.

Hindistonning energetik ehtiyojlari tobora o'sib borayapti. Mamlakat Erondan xom neftni ko'proq xarid qila boshlashi kutilmoqda. Dehli Tehrondan doim neft sotib olgan, lekin Amerikaning sanksiyalari savdo ko'lamini keskin qisqartirishga majbur qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG