Hindistonda yaponiyalik ayolga tajovuz, besh kishi hibsda

  • Amerika Ovozi

Hindistonda yaponiyalik ayolga tajovuz qilganlikda ayblanib, besh kishi hibsga olindi. Ular uyushgan jinoiy guruh a'zolari ekani taxmin qilinadi.

Politsiyaning bildirishicha, ikki erkak 20 yoshlar atrofidagi talaba qizni Kalkutta shahri bo'ylab aylantirgan, so'ngra uni zo'rlab, bor pulini o'margan. O'zini gid deb tanishtirgan erkaklardan biri yapon tilida ravon so'zlagan.

Jinoyatchilar ayolni Bihar shtatiga olib borib, guruhning boshqa a'zolariga topshirgani ma'lum. U Bodgaya buddistlar ziyoratgohi yaqinidagi bir qishloqda haftalab asirda saqlanib, bir necha bor zo'rlangan.

Dekabr boshlarida asira ulardan qochgan va Kalkuta shahridagi Yaponiya konsulligiga xabar bergan.

O’tgan yillar ichida Hindistonda xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlik, chet ellik sayyohlar jinsiy tajovuzga uchragani xalqaro miqyosda shov-shuv uyg’otdi.

Hukumat bunday jinoyatlarga qarshi kurash e’lon qilib, jazo choralarini kuchaytirgan. Ammo faollarning aytishicha, avvalo jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan munosabat tubdan o’zgarishi lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG