Breaking News

Hindiston va qo’shnilarda yer qattiq qimirladi


Hindiston va qo’shnilarda yer qattiq qimirladi
Hindiston va qo’shnilarda yer qattiq qimirladi

Hindistonning Sikkin shtatida, qo’shni Nepal va Bangladeshda bugun tunda qattiq yer qimirladi.

6.9 ballik zilzila poytaxt Dehlida ham sezilgan. Kamida sakkiz odam o’lib, binolarga ziyon yetgan, odamlar vahimada ko’chaga otilgan.

Tabiiy odat elektr va aloqa tizimini izdan chiqarib, Hindistonning bir necha shahrida yer cho’kkan. Birinchi silkinish ketidan yer yana ikki bor qalqigan.

Nepal poytaxti va eng yirik shahri Katmanduda besh odam nobud bo’lgan. Bangladesh poytaxti Dakkada binolar darz ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG