Mumbayda dafn marosimida 18 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Diniy yetakchining dafn marosimida minglab odam yig'ilgan, 18-yanvar, 2014

Diniy yetakchining dafn marosimida minglab odam yig'ilgan, 18-yanvar, 2014

Hindistonning eng katta shaharlaridan biri Mumbayda diniy yetakchining dafn marosimi fojia bilan tugagan.

Odam ko’pligidan va olomon zichligidan bir necha shaxs oyoq ostida qolib ketib, 18 kishi halok bo’lgan. 40 odam jarohatlangan.

Aslida haloyiq mahalliy ulamo, 102 yoshida qazo qilgan Saidna Muhammad Burhoniddinning janozasiga yig’ilgan edi, deydi guvohlar.

Hindlar voqeada vaziyatni nazorat qila olmagan politsiyani ayblamoqda. Marosimda yuzlab ming odam qatnashgan.

Saidna Muhammad Burhoniddin Dovud Boriy jamoasining lideri edi. Shia mazhabiga tegishli bu oqim o'zini Bibi Fotima, Muhammad payg'ambar qizining avlodlari, deb biladi. Ularning madaniyatida arab, Afrika va hind qorishmasi mujassam. Dovud so'zi 16-17 asrda yashab o'tgan ulamo Dovud ibn Qutubshohga borib taqaladi. Boriy esa "bohra", Gujarat tilida "tijorat" degan ma'noni anglatadi.

Dovud Boriy jamoasi bugungi kunda Mumbayda va Pokistonning Karachi shahrida katta sonni tashkil etadi. Shuningdek, Yevropa mamlakatlari, AQSh va Kanada hamda Afrikada ham bor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG