Breaking News

Minglab musulmonlar Birmadan bosh olib ketyapti


Birma musulmonlari
Birma musulmonlari
Shu kunlarda minglab roxinya musulmonlari Birmadan bosh olib ketmoqda. Sabab – bu diniy-etnik guruhga qarshi ko’paygan zo’ravonliklar. Ularning mamlakatda qonuniy maqomga ega emasligi ham masalani qiyinlashtirmoqda. Mavzu shu oy Indoneziya poytaxti Jakartada o’tadigan BMT anjumanida muhokama qilinadi.

Minglab musulmonlar Birmadan bosh olib ketyapti/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00
Yuklab oling

Birmaning Rakxayn shtati buddistlari va etnik roxinya musulmonlari o’rtasidagi aloqalar azaldan tarang. O’tgan yili Arakan shtatida ikki diniy guruh o’rtasida to’qnashuvlar yuz berib, yuzlab musulmonlar nobud bo’lgan, 100 ming odam uyini tashlab ketgan edi.

O’tgan hafta bir guruh buddistlar poytaxt Rangunda roxinya etnik guruhiga mansub bo’lmagan musulmonlarga hujum qildi, maktab va do’konlar vayronaga aylandi. Hodisaga nima sabab bo’lgani noma’lum. Ayrim xabarlarga ko’ra, o’sha mahallada yangi masjid qurilayotgani haqidagi mish-mishlar zo’ravonlikka sabab bo’lgan.

Nunt Mon Shin - Birmaning Islomiy aloqalar kengashi prezidenti. Dinlararo totuvlikka bag’ishlangan konferensiyada so’zlar ekan, so’nggi hodisalarga qaramay umuman olganda buddist va musulmonlar bir-biriga yaxshi munosabatda ekanini aytadi. Rangundagi to’qnashuv, uning nazarida, kichik bur guruhning ishi.

“Hammasiga siyosat sababchi. Diniy inqiroz emas. Bu hodisalar siyosiy o’yinlar oqibati. Hech kim, hech bir din tazyiq qilinayotgani yo’q”, - deydi rasmiy.

Indoneziyaning sobiq vitse-prezidenti Yusuf Kalla ham bu fikrga qo’shiladi. U o’tgan yili Roxinya shtatidagi qochqinlar lagerlarini borib ko’rgan, o’z mamlakatida ham diniy mojarolarni hal etishda qatnashgan.

Yusuf Kalla deydiki, diniy ixtilof ko’pincha nizolarni keltirib chiqarayotgandek ko’rinsada, asl sabab iqtisodiy qiyinchiliklarda.

“Roxinya diniy muammogina emas. Siyosiy, tarixiy, madaniy va iqtisodiy omillar ham bor. Bu murakkab, ko’p qirrali masala”, - deydi suhbatdosh.

Roxinyalar asrlar davomida Birmada yashagan bo’lsa-da, fuqarolikka ega emas. Rasmiylar buning dinga aloqasi yo’q, deb keladi. Nima bo’lmasin, bu mojaro beqarorlik urug’ini sochayotgani shubhasiz.

“Human Rights Watch” inson huquqlari tashkilotidan Fil Robertson fikricha, Rangundagi to’qnashuvlar Birmada diniy totuvlik naqadar zaif ekanini namoyish etdi.

“Diskriminatsion siyosat olib borilsa, bir guruhga huquq berilib, boshqasi huquqlaridan mahrum etilsa, Birmadek ko’plab etnik guruhlar yashaydigan jamiyatda nihoyatda xavfli vaziyat vujudga keladi. Ta’qiblar, hujumlar uchun yo’l ochiladi. Xalqaro hamjamiyat yangi to’qnashuvlarning oldini olishda Birmaga yordam berishi kerak”, - deydi faol.

Ayni damda Indoneziya Roxinya mojarosini hal etishda Birmaga ko’maklashyapti.

O’tgan yili Indoneziya hukumati Raxin shtati aholisiga bir million dollar yordam puli ajratgan. Tashqi ishlar vaziri Marti Natalageva Birma hukumatini roxinya musulmonlarining qonuniy maqomini hal qilishga undayapti.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG