Breaking News

Indoneziyada qulagan samolyotning orqa qismi topildi, qora quti yo'q

Indoneziya qutqaruv xizmati dekabr oxirida Yava dengiziga qulagan yo'lovchi samolyotining orqa qismini suv tubidan olib chiqqan.

Biroq laynerdagi barcha ma'lumotni yozib boruvchi qora quti topilganicha yo'q.

Ekspertlar nazarida Aerobus suvga qulab, ikkiga bo'lingan paytda quti ajralib chiqqan bo'lishi mumkin.

28-dekabrda ro'y bergan halokatda samolyot bortidagi 162 odamning hammasi o'lgan edi.

Samolyotning yo'lovchilarning jasadlari qolayotgan asosiy qismi hanuz qidirilmoqda.

"AirAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga uchayotgan payt bedarak ketgan edi.

Hozircha faqat 48 odamning jasadi topildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG