Nochor Ingushetiya - Rossiya uchun terrorga qarshi kurash maydoni

  • Jeyms Brooke)

Nazran, Ingushetiya

Nazran, Ingushetiya

Chechen jangarilari qo’mondoni Doku Umarov Rossiyani bu yili ham qonga belaymiz deb, terror hujumlari haqida ogohlantirmoqda. Umarov bu haqda Internetga qo’yilgan video murojaatida bayon qilgan.

O’tgan oy Moskvaning Domodedovo aeroportidagi portlash 36 kishini hayotdan olib ketgan edi. Uni amalga oshirgan shaxs Ingushetiyadan, 20 yoshli Magomed Yevloyev ekani taxmiin qilinadi.

"Amerika Ovozi" yaqinda bu o’lkaga safar qildi.

Moskvadan Ingushetiyagacha samolyotda atigi 2,5 soatlik yo’l, lekin manzilga yetgach, hamon Rossiyada ekanini unutib qo’yadi kishi.

Nochor Ingushetiya - Rossiya uchun terrorga qarshi kurash maydoni

Nochor Ingushetiya - Rossiya uchun terrorga qarshi kurash maydoni

Ruslar Ingushetiya aholisining kichik bir qismi – 1 foizni tashkil etadi. Ishsizlik, iqtisodiy nochorlik keng tarqalgan. Islom va diniy qadriyatlar hayotning ajralmas qismi. Respublikada spirtli ichimliklar savdosiga norasmiy taqiq qo’yilgan.

Milliy urf-udumlarni qadrlab avaylashga e’tibor oshayotganini sezasiz.Ona tilni asrabv-avaylash, musulmonchilik va azaliy qadriyatlarni tiklash haqida bahslar ketadi.

Kavkazda mashhur lezginka xalq raqsi to’y bazmlarda albatta ijro etiladi.

O’tgan yili terroristik xurujlar Shimoliy Kavkazda 754 fuqaroni hayotdan olib ketgan. Rossiya uchun bu hududlar islomiy jangarilarga qarshi kurash maydoni. Zo’ravonlik va qotilliklar kunda sodir etiladi.

Ingushetiya poytaxti Magas shahridagi xavfslik choralari ko’rinmas tahdiddan darak berib turadi.

Hukumat idoralari olti metrli panjara bilan to’silgan. Militsiya patruli har zamonda qayergadir shoshib ketayotganini ko’rasiz.

O’tgan 5 yilda huquq-tartibot xodimlaridan 400 nafari halok bo’lgan.

Ingushetiya prezidenti Yunusbek Yevkurovning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, dushman bu o’zini Kavkaz Amirligi deb ataydigan jinoyatchi to’dalardir.

Yunusbek Yevkurov, Ingushetiya rahbari

Yunusbek Yevkurov, Ingushetiya rahbari

“Mintaqada chuqur ildiz otgan bu guruhlar bir-biridan mustaqil ravishda harakat qiladi, lekin kerak bo’lganda birgalikda xurujlar uyushtirishga qodir”, - deydi Yevkurov.

Kavkaz Amirligining maqsadi Qora dengizdan Kaspiygacha bo’lgan hududda shariat qonunlari asosida boshqariladigan islomiy davlat barpo etish, deydi prezident.

Yunusbek Yevkurov, Rossiya armiyasi sobiq qo’mondoni va xalq qahramoni unvonini olgan harbiy, 2008 yili Ingushetiya rahbari etib tayinlangan edi. 2009 yilning yozida suiqasd xurujida qattiq yaralanib, ikki oy kasalxonada yotgan.

Ishsizlik va qashshoqlik tufayli yoshlar bo’lginchi guruhlar uchun oson o’lja ekanini rasmiylar ochiq tan oladi.

Hukumat ma’lumotiga ko’ra, Ingushetiya aholisining yarmi ishsiz.

Byudjetning 90 foizi Moskvadan keladi. Shu bilan birga, butun Kavkaz bo’ylab aholi soni tezlikda o’sib boryapti.

“Oilada uch kishimiz, lekin ish yo’q. O’g’lim onda-sonda qurilishda ishlab, uyga 15 dollar pul olib keladi”, - deydi mana bu ayol.

Ilojsizlikdan ko’pchilik erkaklar shimolga, Rossiyaga jo’nab o’sha yerda ish topishni ma’qul ko’radi. Ko’pgina qishloqlarda ayollar, bolalar va keksalar qolgan xolos.

Rossiyaning o’zida esa kelgindilarga nisbatan adovat va millatchilik kayfiyati oshib borayotgani hammaga ayon.

Ishchi migrantlar "o’tgan oy Moskva aeroportida ro’y bergan xuruj jabrini biz tortamiz", - deb shikoyat qiladi.

Moskva va Sankt-Peterburgda, masalan “muhojirlar jamoat joylarida faqat rus tilida so’zlashsin, bilmasa o’rgansin” qabilidagi qonun-qoidalarni joriy etish haqida muhokamalar ketmoqda.

Nazran, Ingushetiyaning eng yirik shahridagi masjidda juma namozi

Nazran, Ingushetiyaning eng yirik shahridagi masjidda juma namozi

Shuningdek, ko’chada milliy kiyimda yurish yoki lezginka singari xalq raqslarini ijro etishni taqiqlash ko’zda tutilgan.

“Rossiyada Kavkaz desangiz, odamlar ko’z oldida zo’ravonlik, terrorizm va ektremizm gavdalanadi”, - deydi Ingushetiya hukumati vakili Ahmed Paragulgov.

Tahlilchilar ta’biricha, Checheniston, Dog’iston va Ingushetiya Rossiya Federatsiyasining tarkibiy qismi ekani go’yo unutilgandek.

Bu yerdagi xalqlarning markaziy hukumatga nisbatan munosabati ham shunga yarasha.

“Rossiya ruslar uchun” degan chaqiriqlar Moskvada tez-tez yangrab turadi.

Bu go’yani olg’a surayotgan tashkilotlardan biri, Slavyan Uyushmasi rahbari Dmitriy Dyomushkin deydiki, Kavkazni Rossiyadan butunlay ajratish lozim.

XS
SM
MD
LG