Texnologiya urush asoratlarini tuzata oladimi?

  • Amerika Ovozi

Texnologiya urush asoratlarini tuzata oladimi?

Texnologiya urush asoratlarini tuzata oladimi?

Kompyuter texnologiyalari tibbiyot sohasiga olamshumul yangiliklarni olib kirdi. Muolaja yo’llari takomillashib bormoqda. “Amerika Ovozi” yaqinda Janubiy Kaliforniya universitetida bo’ldi.

Urushdan qaytgan askar osoyishta hayotga tezroq moslashishi uchun interaktiv programmalar ishlab chiqayapmiz, deydi ruhshunos Skip Rizzo.

“Muolaja qanchalik intensiv bo’lishi bemorning o’ziga havola. Biz ularni kompyuter orqali yana urush maydoniga qaytaramiz, o’sha dahshatli muhitni, manzarani yaratib beramiz. Maqsad qo’rqinch yuziga tik qarab, uni yengish. Og’riq va hadikni xotiradan o’chirish”, - deydi u.

Ruhiyati bezovta askarlar virtual terapevt-shifokorga ko’nglini yozishi mumkin. Bu ham Mudofaa vazirligi yordami bilan yaratilgan muojala kursining bir qismi. Sizga maslahat beradi, deydi programmist Josh Vilyams.

Texnologiya urush asoratlarini tuzata oladimi?

Texnologiya urush asoratlarini tuzata oladimi?

“Maslahatchini ataylab safdosh qiyofasida, ko’pni ko’rgan faxriy obrazida yaratganmiz. Suhbatga asoslanib sizga dastlabki diagnozni berishi, “shifokor oldidan albatta o’tib qo’ygin” deb dalda berishi mumkin”.

Bundan tashqari, bemor yashaydigan shahardagi shifo maskanlarini ham ko’rsatadi.

Yana bir virtual programma yosh ruhshunos-terapevtlar malakasini oshirishga ko’maklashadi. Bemor ekranda, deya tushuntiradi muallif Patrik Kenni.

“Og’zaki nutqni tushuna oladigan texnologiyamiz bor. Shifokor ekrandagi askar bilan muloqot qiladi, holatini o’rganadi. Savollariga javob beradigan aslida – kompyuter”.

Janubiy Kaliforniya Universiteti olimlari urushdan majruh bo’lib qaytganlarni realibitatsiya qilish uchun kompyuter o’yinlarini ishga solyapti. 3-D formatda ishlaydigan Kinect kamerasi ayni muddao.

Texnologiya urush asoratlarini tuzata oladimi?

Texnologiya urush asoratlarini tuzata oladimi?

Deylik, bemorni muvozanat saqlashni o’rgatadigan mashg’ulotdan o’tkazmoqchisiz. O’ngga va chapga qo’l uzatsangiz kamera buni darhol sezadi. Muhimi, gavda qay tomonga ko’proq og’ishini aniqlab beradi.

Mashg’ulotni bemorning ahvoliga qarab moslashtirish, o’zgartirish mumkin.

Ixtiro-kashfiyotlar uchun g’oyalar akademik dargohlardan, Gollivud va kino olamidan, hamda harbiylardan keladi.

“Bir-biridan o’ta farqli uchta soha, madaniyat. Lekin firklarni bir joyga to’plab yangi bir narsa yaratish mumkin. Markazimiz ana shunday ijod mahsuli”, - deydi ruhshunos Skip Rizzo.

Virtual programmalar yuzma-yuz, jonli muloqot o’rnini bosa olmaydi. Biroq qo’shimcha vosita sifatida roli beqiyos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG