Gumanitar yordam berilmoqda, lekin qirg'in jabrdiydalarining dardi buyuk


Qirg’iziston janubida ro’y bergan etnik xunrezliklarda jabrlanganlarga gumanitar yordam berish ishlari davom etmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat dasturi, Inson huquqlari bo’yicha oliy komissariati, Bolalar jamg’armasi hamda Britaniyaning “Bolalarni asraylik” jamg’armasi bu ishda ancha faol.

Shu kungacha bir necha ming tonna insonparvarlik yordami tarqatilgan. Jabrlanganlarning ahvoli o’rganilgan va imkon darajasida ko’mak ko’rsatilgan.

“Bizning tashkilot etnik to’qnashuvlarda zarar ko’rganlarga oziq-ovqat va uy-ro’zg’or mahsulotlari tarqatmoqda. Hozirgacha ko’p miqtorda un, yog’, guruch hamda chodirlar berdik. Yordam tarqatishdan oldin Birlashgan Millatlar Tashkilotining xizmatlari jabrlanganlarning ehtiyojlarini o’rganib chiqadi. Shunga asoslanib yordam beriladi. Ushbu yordam hozircha uch oyda mo’ljanlangan. Ammo olti oygacga cho'zish ehtimoli ham bor”, - deydi xalqaro tashkilotlar birida faoliyat ko’rsatayotgan o’shlik mutaxassis.

Minglab o'zbeklar yonib kul bo'lgan uylarini va hujjarlarini tiklashda yordam kutmoqda. Mahalliy militsiya harakatlaridan, aytaylik, yoshlarni besabab qamash va ho’rlash hollaridan shikoyatl qilayotganlar juda ko'p.

Ammo yuqorida tilga olingan tashkilotlar aksariyat hollarda bevosita yordam berishga ojiz.

“Bugungacha o’z huquqlari poymol etilayotganini aytib juda ko’p odam bizga murojat qildi. Afsuski, bizning mandatimiz to’g’ridan-to’g’ri yordam berishga imkon bermaydi. Bizning faoliyat vaziyatni kuzatish, inson huquqlari himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bilan cheklangan”, - deydi xalqaro tashkilotning O’shdagi xodimi.

Xorijiy tashkilotlar jabrlanganlarga “adreslik” ko’mak berishni rejalashtirgan. Mahalliy kuzatuvchilarga ko’ra, ushbu usul turli byurokratik to’siqlardan holi bo’lish, ya'ni samarali harakat qilishga imkon beradi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Qirg’izistonga kuzatuv va maslahat ko’rsatish uchun politsiya guruhini kiritishni rejalashtirgan. Ammo poytaxt Bishkek va O’shda bir necha norozilik chiqishlari bo'lib o'tdi.

Tahlilchilar ushbu chiqishlar ayrim siyosatchilar tomonidan uyushtirilayotganini aytadi.

XS
SM
MD
LG