Xalqaro tashkilot: O'zbekiston hukumati xorijdagi faollarni ta'qib qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Telefon qo'ng'iroqlarimizni tinglashmoqda, deydi hisobotda tilga olingan o'zbekistonliklar.

"Amnesty International" xalqaro tashkiloti 31-mart kuni e’lon qilgan hisobotda yozilishicha, O‘zbekiston hukumati mamlakat ichkarisida va tashqarisida ayrim fuqarolarini noqonuniy kuzatuv ostiga olgan.

“Hukumat shunday tizimni yaratdiki, nazorat ostida bo‘lish favqulodda holat emas, balki me’yorga aylandi”, - deydi tashkilot vakili Joshua Franko.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati xorijdan boshpana olgan qochqinlarga va ularning oilalariga tahdid solmoqda. Qochqinlar O‘zbekistondagi qarindoshlari bosim ostida qolishidan qo‘rqib, ular bilan aloqa qilishdan tiyilmoqda.

"Amnesty International" hisobotida O‘zbekiston maxsus xizmatlari ta’qibidan qochib, Shvetsiya va Fransiyada yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq misollar keltirilgan.

Hisobotda tilga olingan, nomi o'zgartirib berilgan faollarning aytishicha, ular O'zbekistondagi yaqinlariga telefon qilishi ortidan xavfsizlik xizmati xodimlari oilalariga bosim o'tkazishni boshlagan. Ular telefon qo'ng'iroqlarimizni tinglamoqda, deydi xorijdagi bu o'zbekistonliklar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG