Breaking News

Bill Marriott: Global turizmda "oltin davr" boshlanmoqda


Bill Marriott: Global turizmda "oltin davr" boshlanmoqda
Bill Marriott: Global turizmda "oltin davr" boshlanmoqda

Bir paytlar otasidan meros qolgan kichik do’konchani bora-bora dunyodagi eng yirik mehmonxonalardan biriga aylantirgan va “Marriot Interneyshnl” (Marriott International) otellar tarmog’iga asos solgan odam - Bill Marriot.

Kompaniyani 39 yildan beri boshqarib kelgan Marriot iste’foga chiqishga qaror qildi. Lekin biznesimiz bundan buyon ham gullab-yashnashi aniq, deydi kompaniya rahbarlari.

“Marriot” xalqaro imperiyasi muvaffaqiyati sodda prinsipga asoslangan:

Bill Marriott: Global turizmda "oltin davr" boshlanmoqda
Bill Marriott: Global turizmda "oltin davr" boshlanmoqda

“Xodimlaringizga g’amxo’rlik qilsangiz, ular mijozga g’amxo’rlik qiladi. Butun dunyoda xuddi shunday. Qaysi mamlakatda bo’lishdan qat’iy nazar, odamlar ularga hurmat va e’tbor bilan qaraganini yaxshi k’oradi, istagani a’lo darajada bo’lishini xohlaydi, masalan tansiq ovqat yegisi, yaxshi dam olgisi keladi”, - deydi Bill Marriott.

79 yoshli Marriot mehmonxonalarni boshqarishda aynan shunday yondashuvni qo’llaganini uning hamkorlari ham, raqiblari ham e’tirof etadi. Dastlab suv sotiladigan kichik do’kon, so’ngra restoran, bora-bora biznes imperiya… 70 mamlakatda 3600 mehmonxona.

Bill Mariot o’rnini kelasi yil mart oyidan boshlab Aren Sorenson egallaydi. Global kengayish davom etadi, deydi u:

Bill Marriott
Bill Marriott

“Biz xalqaro turizm sohasida yangi “oltin davr” bo’sag’asida turibmiz. Bu davrga rivojlanayotgan mamlakatlardagi misli ko’rilmagan iqtisodiy o’sish sabab bo’ldi. Xitoy, Hindiston va Braziliya haqida hammamiz eshitganmiz. Endi esa Afrika qit’asi ham katta sur’atlar bilan rivojlanmoqda”.

Biroq xavotirlarga sabab bo’layotgan mintaqalar ham bor. Sorenson va Marriotning aytishicha, Yevropadagi inqiroz va “Arab bahori” turizm sohadiga jiddiy zarba bo’ldi. Biroq global miqyosda mehmonxonalar biznesi u qadar zarar ko’rgani yo’q.

Bill Marriott: Global turizmda "oltin davr" boshlanmoqda
Bill Marriott: Global turizmda "oltin davr" boshlanmoqda

“Afrikada biznes yaxshi ketyapti. Qit’aning bir necha davlatida ish boshlayapmiz, chunki imkoniyatlar cheksiz. Mineral boyliklar, neft va boshqa noyob zaxiralar bor. Ularga talab katta. Savdo ko’lami oshishi turgan gap. Bu degani iqtisodiy o’sish darajasi ham ko’tariladi. Biz ham o’z hissamizni qo’shmoqchimiz”, - deydi Marriott.

“Marriot Interneyshnl” o’tgan yili 12 milliard dollar daromad qilgan, asosan Xitoy va Braziliyadagi mehmonxonalar hisobidan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG