Breaking News

AQShda malaka oshirish imkoniyatini beradigan dastur


AQShda malaka oshirish imkoniyatini beradigan dastur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

Xalqaro yetakchilik dasturi orqali har yili turli mamlakatlardan mutaxassislar, bo’lajak rahbarlar Amerikaga kelib, malaka oshiradi. 75 yil ilgari ta’sis etilgan bu programmani AQSh Davlat departamenti yuritadi.

Shu kunga qadar 200 mingdan oshiq bo’lg’usi liderlar AQShda mehmon bo’ldi. Almashinuv dasturini 1940-yilda Prezident Franklin Ruzvelt ta’sis etgan.

Ishtirokchilarning qariyb 340 nafari keyinchalik o’z davlatida prezident yoki bosh vazir lavozimini egallagan. Masalan, Margaret Tetcher, Indira Gandi, Nikolya Sarkozi va Felipe Kalderon. Yana ko’plari boshqa sohalarda muvaffaqiyat qozongan.

Jennifer Klinton boshqaruvchi notijoriy tashkilot dasturni yuritishda ko’maklashadi. Safarlar ilgari uch oy davom etardi, deydi u.

“Hozirga kelib, uch haftaga tushirilgan bo’lsa-da, qatnashchilar Amerikadan ta’lim va tajriba bilan vataniga qaytadi. Bu yerdagi hayot, madaniyat bilan tanishadi. Hamkasblari bilan bilim almashadi”, - deydi u.

Fransiyalik tadbirkor Paskal Dupeyra yetakchilik programmasida 2000-yilda qatnashgan. Internet va iqtisodiyot bilan qiziqadi. AQSh haqidagi tasavvurlarim mutlaqo o’zgardi, deydi u.

“Fransiyaga qaytganimdan keyin o’z biznesimni yurita boshladim. Shaxsiy va professional hayotimda katta burilish bo’ldi bu”, - deydi tadbirkor.

Dastur ishtirokchilari AQSh poytaxtida bir hafta bo’lib, boshqa shaharlarga ham tashrif buyuradi. Argentinalik biznes konsultant Rikardo Vanella Xalqaro yetakchilik dasturida 2010-yilda qatnashgan.

“Turli kasb egalari bilan tanishdim. Professional jihatdan bu juda foydali. Oldingizda yangi imkoniyatlar ochiladi, hamkorlik qilsa bo’ladi”, - deydi u.

75 yillik almashinuv programmasi yana qancha davom etishi noma’lum. Kongress moliyani qirqish haqida o’ylanmoqda.

“Hozirgi siyosiy dinamika shundayki, bunday tashabbuslarni cheklash takliflari ko’proq yangrayapti. Qandaydir qo’rquv, vahima bor”, - deya sharhlaydi Jennifer Klinton.

Dunyoning ko’p burchaklarida Amerikaga nisbatan salbiy qarashlar shakllangan bir paytda, deydi u, ta’limiy dasturlarni ko’paytirish maqsadga muvofiq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG