Internet cheklangan, ammo o'zbek yoshlari, jurnalistlari uchun umid manbai


Internet cheklangan, ammo o'zbek yoshlari, jurnalistlari uchun umid manbai

Internet cheklangan, ammo o'zbek yoshlari, jurnalistlari uchun umid manbai


2005-yilda Markaziy Osiyoda internetga har hafta kamida bir marta kirganlar soni Qozog’istonda aholining 9 foizini, O’zbekiston va Qirg’izistonda 3 foizini, Tojikistonda 4 foizini, Turkmanistonda esa atigi 1 foizini tashkil etgan.

Bugunga kelib, bu raqam Turkmanistondan tashqari boshqa barcha mamlakatlarda 10 foizdan oshgan.

So’z va matbuot erkinligi cheklangan mintaqada global tarmoqqa ham to’siqlar qo’yilgan. O’zbekiston va Turkmaniston bu borada dunyoda yetakchi davlatlardan, deya bildiradi Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti.

Axborot istagan odam internetga imkoniyat topsa, to’siqlarni yorib kirish yo’llari ko’p. “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” singari sahifalari man etilgan xalqaro vositalar proksi va muqobil adreslar orqali o’quvchi, tinglovchi va tomoshabinlarni jalb etib keladi.

O’tgan 2-3 yil ichida “Facebook”, “Twitter” va “Odnoklassniki” kabi ijtimoiy muloqot tizimlari ommaviylashib, bugun minglab yoshlar ularning faol a’zosiga aylangan.

Internet tashqi dunyo bilan bog'lanish uchun ayni muddao

Internet tashqi dunyo bilan bog'lanish uchun ayni muddao

Tashqi dunyoga darvoza izlayotganlar uchun bu saytlar ayni muddao. Ular orqali nafaqat axborot, balki fikr-mulohaza almashasiz. Ular, shuningdek, reklama va targ’ibot maydoni.

2010 yilda “The Social Network” - “Facebook” asoschisi Mark Zukerberg va bu tizim tarixi haqidagi kartina jahon ekranlarida katta qiziqish bilan kutib olindi. Ko’plab yoshlar shu filmni ko’rib, “Facebook” va umuman internetga qiziqib qolganini aytadi.

Internetda o’z fikr-qarashlaringizni bloglar, internet sharhlar orqali ham o’rtoqlashishingiz mumkin. An’anaviy axborot manbalari va jurnalistlar bugun mana shu bloglar va ularni yuritadigan bloggerlar bilan raqobatlashishga majbur.

Ayni damda Amerikada malaka oshirayotgan yosh jurnalist To’lqin Umaraliyev fikricha bloglar va ijtimoiy tizimlar, umuman internet jurnalistika Markaziy Osiyoda kelasi yillar ichida yanada keng qanot yozsa ajabmas.

Bugungi manzaraga qarab bunga ishonish qiyin, ammo tobora ko’plab odamlar global taqmoqdan keng foydalana boshlagan.

O’tgan 2-3 yil ichida “Facebook”, “Twitter” va “Odnoklassniki” kabi ijtimoiy muloqot tizimlari ommaviylashib, bugun minglab yoshlar ularning faol a’zosiga aylangan.

O’tgan 2-3 yil ichida “Facebook”, “Twitter” va “Odnoklassniki” kabi ijtimoiy muloqot tizimlari ommaviylashib, bugun minglab yoshlar ularning faol a’zosiga aylangan.

Bugun aholi yangilikni qayerdan olayapti? Vashingtonda asoslangan InterMedia, axborot vositalariga nisbatan munosabatni o’rganuvchi xalqaro tashkilot yiqqan ma’lumotlarga ko’ra, televideniye birinchi o’rinda turadi.

Ommaviy so’rovlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Markaziy Osiyo bo’ylab, odamlar yangilikni asosan Rossiya telekanallaridan tomosha qiladi.

Qirg’izistonlik To’lqin Umaraliyev vatanidagi manzarani sharhlar ekan, auditoriyani ikkiga bo’ladi.

”Birinchi guruh bu katta shaharlarda, ayniqsa Bishkek va O’shda yashaydigan jamoa, ikkinchisi bu asosan qishloqlarda yashaydiganlar. Axborot olishda shaharliklar ko’proq televideniye va internetga tayansa, qishloqlarda bu televideniye va bosma matbuot, gazetalar. Radioning ham auditoriyasi bor, lekin uncha katta emas”, - deydi jurnalist.

Internetni cheklash yoshlarni internetga yanada qiziqtirmoqda

Internetni cheklash yoshlarni internetga yanada qiziqtirmoqda

Mahalliy telekanallarda mablag’ yo’q, professional xodimlar yetishmaydi va natijada programmalarning sifati past. Efirning asosiy qismi ko’ngilochar dasturlar uchun ajratilgan.

“Lekin hozir Qirg’izistonda 1-kanal, oldin KTP (Qirg’iziston Teleradiokompaniyasi) edi, hozir OTR (Jamoat Teleradiokompaniyasi), borgan sari saviya va sifati oshib bormoqda. Iloji boricha neytral, xolis axborot uzata boshlagan”,- deydi To’lqin Umaraliyev.

Jurnalistik me’yorlar haqida qancha gapirsak, shuncha kam. Televideniye, radio, gazeta yoki internet, axborot to’plash va uzatish – buyuk bir mas’uliyat.

Qirg’iziston janubida o’tgan yilning iyun voqealariga qadar matbuot maqtovga arzigulik bir ahvolda edi. O’zbek tilida gazeta-jurnallar chiqar edi, deydi To'lqin Umaraliyev.

”Kamida uch televideniye bor edi: O’sh TV, Mezon TV va DDD TV… Hozir ular yopilib kerdi, yopilmaganlar ehtiyotkorlik bilan ish qilishayapti. Asosiy e’tibor ma’lumot tarqatish emas, ko’ngilochar programmalarda”.

Mahalliy axborot vositalari siyosiy bosimdan shikoyat qiladi. Hukumat buni inkor etadi.

”Endi hukumat ham hozir ikki hukumatda Qirg’izistonda. Janubdagi hukumat avtonom bir hukumatga aylanib qolgan", - deydi To'lqin Umaraliyev.

"Anchadan beri, shu o’tgan yilning 7 aprelidan beri, ya’ni Bakiyev prezidentlikdan ag’darilganidan beri, O’sh va Jalolobod siyosiy jihatdan ham, matbuot bobida ham avtonom bir joy bo’lib qolgan. O’shning meri Melis Mirzahmatov hozir o’zini qiroldek his qiladi. Aytgani bo’ladi, prezident va parlament unga bosim o’tkaza olmaydi. Bosim o’tkazishga harakat qilishdi, lekin foydasi bo’lmadi. O’zbek matbuoti ham, qirg’iz matbuoti ham Mirzahmatovning qo’lida. Shuning uchun hozir o’zbek matbuotiga ishlash juda ham qiyin”.

Internet bugun ko'pchilik uchun axborot manbai emasdir, ammo yaqin kelajakda bu o'zgaradi, deydi yosh jurnalistlar

Internet bugun ko'pchilik uchun axborot manbai emasdir, ammo yaqin kelajakda bu o'zgaradi, deydi yosh jurnalistlar

Mana shunday bir tang holatda, deydi yoshlar, internet - informatsiya va umid manbai. Rahbarlar axborot oqimini nazorat qilishga qanchalik urinmasin, global tarmoqni cheklash qiyin.

Boshqa tomondan esa internet ham asossiz, ishonchsiz, sifatsiz materiallarga to’la.

Qog’oz har qanday yozuvga chidaganidek, internetga ham har narsani qo’yish mumkin.

Bu vositada ham me’yor va madaniyat nozik masalalar va ularni shakllantirish uchun uzoq vaqt va qunt kerak bo’ladi.

Internetga jurnalistika kelajagi deb qarovchi mutaxassislar zimmasiga shu tariqa yana bir og’ir vazifa yuklanmoqda.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG