Klinton internet hamma uchun erkin va ochiq bo’lishi kerak deydi

  • Amerika Ovozi

Misrdagi qo'zg'olon ortida "Facebook" va "Twitter" kabi ommabop saytlar turgani ma'lum

Misrdagi qo'zg'olon ortida "Facebook" va "Twitter" kabi ommabop saytlar turgani ma'lum

Yaqin Sharqdagi namoyishlar internet va yoshlar harakati mahsulidir. AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton global tarmoqda erkinlikni jadalroq targ’ib qilish kerak deb chiqmoqda.

Internet nafrat sochish manbai yohud muhim, maxfiy hujjatlarni oshkor etish rishagi bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Biroq Qo'shma Shtatlar erkinlik, oshkoralik tarafdori bo'lib qoladi, deydi Klinton. Internet erkinligi, ozodlikka yetaklovchi har qanday omil kabi ziddiyat, noqulaylik tug'dirishi muqarrar, deydi u.

"Lekin natijasi, mahsuli shunga arziydi".

Klinton nazarida internetni cheklagan davlatlar uzoqqa bormaydi. Bu insoniyatni, iqtisodiyot va siyosatni bir-biriga bog’lab turadigan global tizim, deydi u.

“Qo’shma Shtatlar axborot olish erkinligini himoya qilishda davom etadi”, - deydi Klinton.

"Firk erkinligi va qonun ustuvorligi yangilik, taraqqiyot garovi. Global tizimni blokirovka qilgan davlatlar iqtisodiy o'sish ildiziga bolta uradi", - deydi vazira.

Yaqin Sharqdagi namoyishlar ortida internetdagi ommabop saytlar – “Facebook” va “Twitter” turgani ma’lum.

Klinton internet hamma uchun erkin va ochiq bo’lishi kerak deydi

Klinton internet hamma uchun erkin va ochiq bo’lishi kerak deydi

Hukumatlar uni blokirovka qilishga urindi. Biroq bloggerlar, muxolifat veb-sahifalari, axborot saytlarini to’sishdan naf yo’q, deydi Klinton.

“Xalq huquqini cheklashga, internetni to’sishga harakat qilgan, senzurani qurol qilgan hukumatlar boshi berk ko’chaga kirganini o’zi bilmay qoladi”,- deydi Klinton.

“Bosimni oshirish, diktatorlik siyosatini yuritish anchayin kuch talab qiladi va buning og’iri oxir-oqibat avtoritar rahbarlarni yanchadi”, - deydi AQSh davlat kotibasi.

Qator maxfiy dokumentlarni ommaga e'lon qilgan sayt - Wikileaks haqida gapirar ekan, Klinton davlat ishiga doir maxfiylik va ozodlik, oshkoralik o'rtasida muvozanat topish kerak deydi.

"Biz hamisha oydinlik tarafdori bo'lib kelganmiz. Lekin me'yorni, balansni unutmaylik. Wikileaks masalasida hujjatlar o'g'irlandi. Bu oddiy qaroqchilik".

Klinton internet hamma uchun erkin va ochiq bo’lishi kerak deydi

Klinton internet hamma uchun erkin va ochiq bo’lishi kerak deydi

Uning aytishicha, Obama ma’muriyati texnik ekspertlar, internet va faollarni qo’llab-quvvatlash uchun bu yil 25 million dollar ajratgan.

Davlat departamenti global tarmoqni rivojlantirish, odamlar uchun qulay imkoniyat yaratishga bel bo’glagan.

Departament hozirda “Twitter”ning arab va fors tillaridagi xizmatini joriy etgan. Tez orada xitoy, rus va hind tillari ham qo’shiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG