Yevropa musiqa tanloviga mezbon Ozarbayjon Erondan xafa

  • Amerika Ovozi

Shu hafta avvalida boshlangan tanlovning final bosqichi ertaga, shanba o’tadi

Shu hafta avvalida boshlangan tanlovning final bosqichi ertaga, shanba o’tadi

Yevropadagi eng yirik xalqaro musiqiy tanlov mezboni Ozarbayjon Eronning so’nggi tanqidiy chiqishidan norozi va rasmiy izoh talab qilmoqda.

Tehronning bayonoti haqoratli va zudlik bilan kechirim so’ralishi shart, deydi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi.

Eron tomoni ta’rificha, Ozarbayjon G’arb bilan hamkorlik qilib, islomiy qadriyatlarga zid Yevrovideniye (Eurovision) tanloviga mezbonlik qilayotgani g’alati. Islomiy respublika dushanba kuni Bokudan elchisi Muhammad Baqir Bahramiyni chaqirib olgan edi.

Boku bu anjumanni o’z obro’sini tiklash, jahonda nom qozonish uchun imkoniyat deb biladi.

Huquq faollari esa Ozarbayjonda inson huquqlari poymol etilayotgani, korrupsiya va avtoritar boshqaruvga e’tibor qaratmoqda.

Shu hafta avvalida boshlangan tanlovning final bosqichi ertaga, shanba o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG