Breaking News

Eronda narx-navo oshayotgani xalqni qo’zg’atdi


Eronda milliy valyuta rial qadri keskin pasayib ketgani va narx-navo oshgani nozorilik namoyishlariga sabab bo’lmoqda.

Poytaxt Tehronning markaziy bozorida kecha politsiya valyuta savdogarlari bilan to’qnashgan, 16 kishi hibsga olingan. Bugun do’konlar qayta ochilmoqda.

Mahalliy matbuotda hibsdagilar “agitator” va valyuta bozorini alg’ov-dalg’ov qilgan “asosiy o’yinchilar” deya ta’riflanmoqda.

Joriy haftada rial qadri 40 foizga pasayib ketdi. Ayni paytda bir dollar 32 ming rialga teng. Prezident Mahmud Ahmadinejod olib borayotgan iqtisodiy siyosat keskin tanqid ostida. Ahmadinejod deydiki, Eronning dushmanlari mamlakatga psixologik bosim o’tkazmoqda.

Eron yadro quroli yaratish ustida ishlayotgani gumon qilinadi. AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatni Eron xalqaro moliya tizimidan uzib qo’ygan, neft embargosi joriy etilgan.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton so’zlariga ko’ra, Eron hukumati o’z xalqi oldida javob berishi kerak. Uning fikricha, milliy valyuta kursi pasayib ketgani rasmiy Tehronning noshud iqtisodiy siyosati hamda xalqaro sanksiyalar natijasidir.

“Sanksiyalardan qutulish oson, rasmiy Tehron xalqaro hamjamiyat bilan yadro dasturi yuzasidan samimiy hamkorlik qilsa bo’lgani”, - deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG