14-iyun - Eronda prezident saylovlari kuni

  • Amerika Ovozi

Eronda prezidentlikka nomzodlar

Eronda prezidentlikka nomzodlar

Ertaga Eronda prezident saylovlari. Kecha tashviqotning so’nggi kuni edi. Poygada qolgan olti nomzod saylovchilar bilan uchrashib, undan unumli foydalanishga harakat qilgan.

Eron oliy diniy rahnamosi Oyatullo Ali Xomeneiy fuqarolarni saylovda faol qatnashishga chaqirdi.

Bu bilan, deydi peshvo, Eron dushmanlarining bosimiga javob bergan bo’lamiz, chunki ular bizning boshqa yo’ldan borishimizni istashadi.

Aksariyat tahlilchilar fikricha, saylovlarda yadro dasturi bo’yicha bosh muzokarachi Said Jaliliy g’alaba qozonishi mumkin. Biroq so’nggi kunlarda shu lavozimda oldin ishlagan Hasan Rovhaniyning reytingi oshib bormoqda.

Rovhaniy mo’tadil va islohotchi arbob bo’lib, uni sobiq prezident Muhammad Hotamiy qo’llab-quvvatlamoqda. Prezidentlikka nomzodlardan biri Muhammad Rizo Orif ham seshanba kuni poygadan chiqib, Rovhaniyga ovoz berishini aytgan.

Bo’lajak rahbar Eron yadro dasturi sabab joriy etilgan xalqaro sanksiyalar natijasida to’planib qolgan iqtisodiy muammolarni hal etishi kerak bo’ladi, jumladan ishsizlik va inflyatsiyani. Biroq kuzatuvchilar nazarida Tehron tashqi siyosatida sezilarli o’zgarish kutmaslik kerak.

Ayrim nomzodlar xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlarni yaxshilashga chaqirgan bo’lsa-da, muhim siyosiy qarorlarni oliy diniy peshvo qabul qiladi.

Saylovlarda g’olib bo’lish uchun nomzod kamida 50 foiz ovoz to’plashi kerak. Hech bir nomzod bunday natijaga erisha olmasa, eng ko’p ovoz olgan ikki arbob bir haftadan keyin qayta saylovlarda bellashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG