Jeneva muzokaralari natija bermadi, ammo ishtirokchilar jarayondan mamnun

  • Amerika Ovozi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatga mas'ul rasmiysi Ketrin Eshton, Jeneva, 10-noyabr, 2013-yil

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatga mas'ul rasmiysi Ketrin Eshton, Jeneva, 10-noyabr, 2013-yil

Jenevada Eron yadro dasturi bo’yicha o’tkazilgan xalqaro muzokaralar natijasiz tugagan. Ammo Tehron muloqotdan ko’ngli to’q ekanini aytmoqda.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning aytishicha, uch kunlik muzokaralar foydali bo’lib, bo’lajak muvaffaqiyatga yaxshi zamin hozirlagan. Jarayon 20-noyabr kuni davom etadi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, tomonlar kelishuvga yaqin turibdi. Masala kelasi bir necha haftada hal bo’lishi mumkin. Biroq, deydi Xeyg, jarayon og’ir kechmoqda.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, uning mamlakati yadro dasturidan, uranni boyitishdan voz kechmaydi.

AQSh davlat kotibi Jon Kerriga ko’ra, diplomatik imkoniyatlardan to’liq foydalanish kerak, ammo bunday imkoniyat cheksiz bo’lmasligini Eron tushunishi kerak.

Yevropa Ittifoqi vakili Ketrin Eshton ham jarayondan mamnun.

AQSh va uning ittifoqchilari Eron yadro quroli ustida ishlamoqda, degan fikrda. Tehron esa atom dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini aytib keladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG