Eronda 16 kishi dorga osildi

  • Amerika Ovozi

Eronda 16 kishi isyonchilikda ayblanib, dorga osilgan. Bu voqeadan bir necha soat ilgari Saravan shahrida noma’lum shaxslar chegarachilarga hujum qilib, 14 nafarini o’ldirgan edi.

Adliya rasmiysi Muhammad Marziyo so’zlariga ko’ra, qatl etilgan odamlar Eron hukumatiga dushman deb ko’rilgan bir guruh a’zolaridir.

Ammo ular chegaradagi voqeaga qanchalik aloqador ekani noma’lum.

Saravan shahri Pokiston bilan chegaradagi tog’li bir hudud bo’lib, qoradori tashiladigan yo’llar shu yerdan o’tgan. Voqea yuzasidan tergov boshlangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG