Isroil prezidenti: Eronni qurol bilan jazolashga yaqinmiz

  • Amerika Ovozi

Isroil prezidenti: Eronni qurol bilan jazolashga yaqinmiz

Isroil prezidenti: Eronni qurol bilan jazolashga yaqinmiz

Isroil prezidenti Shimon Peresning aytishicha, uning davlati va, umuman, jahon hamjamiyati Eronni yadroviy izlanishlari uchun tez orada qurol bilan jazolashi mumkin

Diplomatik qadamlardan natija ko’rinmayapti, deydi u.

Rasmiy Tehronni G’arb ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotganlikda ayblab keladi. Murosaga doir muzokaralar biror natija berganicha yo'q.

Prezident Barak Obama juma kungi chiqishida Eron xatti-harakatlari dunyoga tahdid ekanini ta’klidlab, islomiy respublikaga bosimni oshirish kerak, degan.

Isroil prezidenti: Eronni qurol bilan jazolashga yaqinmiz

Isroil prezidenti: Eronni qurol bilan jazolashga yaqinmiz

Peresning aytishicha, xalqaro hamjamiyat Eron qo'liga xavfli qurol tushishiga yo'l qo'ymaydi.

"Dunyoning turli davlatlarida razvedka ma'lumoti yetarli, kech bo'lmadigan ish qilishimiz kerak", - deydi u.

Eron hukumatining bildirishicha, yadroviy izlanishlardan maqsad energiyaha ehtiyojni qondirish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG