Eron “Amerika Ovozi” dasturlariga to’siq qo’ymoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Xalqaro Teleradio Kengashi sun’iy yo’ldosh orqali fors tilida uzatiladigan ko’rsatuv va eshittirishlar Eron hukumati tomonidan to’silayotganini qoralamoqda.

Islomiy respublika xalqaro qonun va bitimlarni ochiqdan-ochiq buzmoqda, deydi kengash rasmiylari.

Vashingtondan efirga chiqadigan “Amerika Ovozi” teleradiosi va Pragada asoslangan “Ozodlik” radiosi ana shu organning bir qismi. Arab va ispan tilidagi televizion kanal va radiolar ham uning tomonidan boshqariladi.

Bu tashkilotlarning barchasi Kongress tomonidan ajratilgan mablag' evaziga ishlaydi. Asosiy maqsad - axborot oqimi cheklangan, mustaqil matbuoti yo'q mamlakatlarga informatsiya olib kirish.

Eron “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” ning fors tilidagi ko’rsatuv va eshittirishlariga nisbatan buzg’unchi signallar qo'llamoqda.

Shu hafta Eronda milliy valyuta rial qadri tushib borayotgani va narx-navo oshayotgani norozilik namoyishlariga turtki berdi.

Tehron bozorida valyuta savdogarlari politsiya bilan to’qnashib, 16 kishi hibsga olingan.

Eron hukumati bu jarayonlarni yoritayotgan xorijiy axborot vositalarini nishonga olmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG