Eron qancha uran boyitishi mumkin?

  • Amerika Ovozi

Eron delegatsiyasi, Jeneva, 22-noyabr, 2013

Eron delegatsiyasi, Jeneva, 22-noyabr, 2013

Eron va xalqaro hamjamiyat Jenevada majlis qilar ekan, bugun Tehron yadro dasturini qisqartirish va evaziga mamlakatga qo’yilgan sanksiyalarni yumshatish borasida bir to’xtamga kelishlari mumkin.

Diplomatlarning aytishicha, kechagi muhokama sermahsul o’tgan, ammo taraflar o’rtasida bahsli masalalar hali talay.

Eron qancha uranni boyitishi mumkin? Qaysi sanksiyalar olib tashlanadi? Mana shular hanuz yechimini kutmoqda.

Boyitilgan uran ham bomba yasashda, ham yadro energiyasi ishlab chiqarishda qo’llanishi mumkin. Tehronning ta’kidlashicha, mamlakat yadro dasturidan tinch maqsadlarda foydalanishga haqli.

Eron ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotgani haqidagi da’volarni rad etadi. Mamlakat uranni boyitish ko’lamini qisqartirishga va yadro obyektlariga g’arb ekspertlarini kiritishga rozi.

O’z navbatida xalqaro hamjamiyat bu davlat iqtisodiyotini shol qilib qo’ygan sanksiyalarni qisman olib tashlash haqida o’ylanmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG