Isroil yaqin orada Eronga hujum qilmoqchi emas

  • Amerika Ovozi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eronga qarshi sanksiyalar samara berishini kutamiz, demoqda. “Yaqin kunlarda Eronning yadro inshootlarini nishonga olish rejamiz yo’q”, - deya ta’kidlaydi u.

Netanyaxu yaqinda Vashingtonda bo’lib prezident Barak Obama bilan maslahat qilgan, “vaqtni boy berayapmiz” deya harbiy chora ko’rishi mumkinligiga ishora qilgan edi.

“Isroil Eron yadro quroli ega bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Masalani tinch yo’l bilan hal etish tarafdorimiz”, - deydi bosh vazir.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu

BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi hamda Germaniya kecha rasmiy Tehronga yana bir bor murojaat qilib, xalqaro inspektorlarni yadroviy inshootlarga kiritishni so’radi.

Gap, xususan, Parchin harbiy bazasi haqida ketmoqda. Yadroviy sinovlar aynan shu yerda o’tkazilmoqda degan taxminlar bor.

Isroil televideniyesiga bergan intervyusida, Benyamin Netanyaxu uning davlati va AQShning Eronga nisbatan yondashuvida “fundamental farq” borligini qayd etdi.

“Erondan kelayotgan tahdidni biz, yahudiy davlati, kuchliroq his etamiz va shu bois tez fursatda chora ko’rishga chaqirib kelayapmiz”.

Eron rahbariyati atom quroli yaratish niyatimiz yo’q, yadro dasturimiz taraqqiyotning bir qismi, deb keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG