Eron bilan muzokara "konstruktiv" tugadi

  • Amerika Ovozi

Maykl Mann, Yevropa Ittifoqi rasmiysi, Istanbul, 14-aprel 2012

Maykl Mann, Yevropa Ittifoqi rasmiysi, Istanbul, 14-aprel 2012

Istanbulda Eron va olti davlat ishtirokida kechayotgan muzokaralarning birinchi qismi “konstruktiv” ruhda kechdi, deydi Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Ashtonning matbuot kotibi Maykl Mann.

G’arb diplomatlari nazarida Tehron rasmiylari murosa yo’lini izlayotgan ko’rinadi va yadroviy dasturi yuzasidan xavotirlarni pasaytirishga urinmoqda.

Said Jaliliy, Eron bosh muzokarachisi

Said Jaliliy, Eron bosh muzokarachisi

Islomiy respublika atom loyiha faqat tinch maqsadlarni ko’zlaydi deb keladi. Lekin BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari orasida bunga ishonch past.

Rossiya va Xitoy pozitsiyasi sal boshqacha, ammo so’nggi paytda ular ham Amerika va Yevropa davlatlari bilan bir fikrga kelgan, ya’ni Eron o’z maqsadlari ezgu ekanini isbotlab berishi, zimdan atom quroli ustida ishlamayotganini namoyon etishi zarur.

Eronga bosim oshib borar ekan, Tehron muzokara va murosa tarafdori ekanini qayd etmoqda. Istanbuldagi uchrashuvlar bunga yaqqol misol, deydi diplomatlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG