Eron yadro dasturi muhokamasi mayda davom etadi

  • Amerika Ovozi

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton, Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Avstriyada muzokara qildi. 9-aprel, 2014-yil.

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton, Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Avstriyada muzokara qildi. 9-aprel, 2014-yil.

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Ketrin Eshton so’zlariga ko’ra, Eron yadro dasturiga doir muzokaraning keying bosqichi mayda o’tadi.

Diplomat Venadagi ikki kunlik muzokara ketidan bu haqda e’lon qildi.

Jahon hamjamiyati bu mavzuda yil boshidan beri uchinchi bor muloqot qilishi.

Eron diniy rahnamosi Oyatulla Ali Xomenei tashabbusni qo’llab-quvvatlayapti. Shu bilan birga, Tehron o’z atom dasturini davom ettiradi, deydi u.

Dastlabki kelishuvga ko’ra, Eron yadroviy tadqiqotlari ko’lamini kamaytiradi, evaziga G’arbning sanksiyasi qisman olib tashlanadi.

Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Tehron yaqin ikki oyda yadro bombasini yasash uchun yetarli xomashyoga ega.

Eron uranni boyitishda davom etsa, buning asoratlari og’ir bo’ladi, deydi Kerri.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG