Eron, xalqaro hamjamiyat muzokaraga qaytmoqda

  • Amerika Ovozi

Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif kelishib ishlashga tayyormiz, ammo Amerika sanksiyalarga yopishib olmasligi kerak, deydi. Javod Zarif, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida. 18-sentabr, 2014-yil.

Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif kelishib ishlashga tayyormiz, ammo Amerika sanksiyalarga yopishib olmasligi kerak, deydi. Javod Zarif, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida. 18-sentabr, 2014-yil.

Eron va xalqaro hamjamiyat bugun Nyu-Yorkda islomiy davlatning yadroviy dasturiga doir muzokaralarga qaytadi. Davlat departamentining bildirishicha, muloqot oldidan Amerika va Eron rasmiylari yuzma-yuz gaplashib oladi.

Tahlilchilar nazarida taraflar avval kelishilganidek tugal bitimni 24-noyabrgacha ma’qullashi gumon. Oldingi muzokaralarda joriy yilning iyul oyi tugal sana qilib belgilangan, biroq tomonlar murosa qilolmagan edi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif kelishib ishlashga tayyormiz, ammo Amerika sanksiyalarga yopishib olmasligi kerak, deydi.

Mamlakat yashirincha ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotganini da’vo qilayotgan G’arb esa sanksiyalar bir necha yil davomida bosqichma-bosqich olib tashlanishi tarafdori.

Eron va Qo’shma Shtatlar o’tgan yili dastlabki kelishuvni ma’qullagan, unga ko’ra AQSh sanksiyalarni yumshatib, evaziga Tehron uranni boyitish dasturini qisqartirishi kerak. Shu bilan birga, Eron energiya ishlab chiqish uchun zarur miqdorda uranni boyitishda davom etmoqchi.

Xalqaro sanksiyalar Eronning iqtisodiyotini bog’ib qo’ygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG