Oyatulla: Eron atom quroli yaratmayapti, lekin haqqi bor

  • Amerika Ovozi

Eron oliy peshvosi Oyatulla Ali Xominiyning qayd etishicha, uning davlati, G’arb shubhalanayotganidek, atom quroli ustida ishlayotgani yo’q.

Lekin islomiy respublika bunga qaror qilsa ham uni hech kim to’xtata olmaydi, deydi oyatulla.

“Biz aslida yadroviy qurollanishga qarshimiz va tinchlik tarafdorimiz”,- deydi peshvo bugun internetda qilgan bayonotida.

“Atom qurollari yo’q qilinishi kerak”,- deya ta’kidlaydi u.

Eron rasmiylari oyatulla bu borada farmon bergani va bu oliy hujjat ekanini aytib keladi.

Lekin mamlakat o’z yadroviy programmasiga ega. Uning zaminida faqat energetik maqsadlar yotadi, deydi prezident Mahmud Ahmadinajod.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bunga ishonmaydi. Xavfsizlik Kengashi Eronga sanksiyalar qo’ygan.

Fevral oyi oxiriga borib, AQSh va boshqa davlatlarning diplomatlari Qozog’istonda uchrashib, Eron vakillari bilan bu borada suhbat quradi.

Atom dasturi yuzasidan barcha zarur ma’lumotlar oshkor etilishi kerak, deydi G’arb rasmiylari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG